Harbiy xizmat vaqti (ish vaqti)
Assalomu alaykum! Men o‘zim yong‘in xavfsizligi (mchs) da ishlayman savolim: 1- ro‘za tutgan vaqtim yong‘in bo‘lib qolsa kirib yong‘inni o‘chirishga majburman shu vaqt og‘zimga tutun, chang, va ayrim payt tanamdan chiqqan teri tomchilari va kichir kichik xas kirsa ro‘zam buzuladimi. 2-savol agar haddan ziyot charchasam va namoz vaqti uxlab qolsam yoki namoz vaqti yong‘in bo‘lib qolsa o‘chirishga chiqib ketsam va namoz vaqti o‘tib ketsa hamda meni assosiy vazifalarimdan biri Yong‘in qutqaruv qisimlarini tekshirish rahbar buyruq bergan vaqti namoz vaqtim tekshirish vaqti bilan bir vaqtda bo‘lgani sabab namozni o‘z vaqtida ado eta olmasam katta gunoh bo‘lib qolmaydimi hadisda bu ishlarimni sal bo‘lsayam oqlaydigan sahih hadis bormi agar bo‘lsa shuni yozsayiz ko‘nglim sal taskin topardi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1) Tutun va chang bilan ro‘za ochilmaydi. Lekin ter tomchisi, mayda tosh va xasning og‘izga kirishi emas, uni yutib yuborish ro‘zani ochadi.2) Namoz vaqti kirganini bilib uxlash durust emas. Lekin juda charchagan holatda uyqu g‘olib kelib uxlab qolsa, uyg‘onganda uqib oladi. Qazo bo‘lgan bo‘lsa, qazosini o‘qiydi. Namozni o‘qimaslikka uzr yo‘q. Siz aytgan ishlarni orasida ham vaqt topib o‘qib olsa bo‘ladi. Eng vaqti qisqa namoz shom namozidir. Tekshirish vatq unchalik cho‘zilmaydi deb o‘ylaymiz. Shomni xufton kirgunicha o‘qib olsangiz bo‘ladi. Shu kabi boshqa namozlarni ham. Siz namozni qoldirib, taskin topadigan hadis emas, namozni o‘qib olishga sharoit qidiring. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 10:56 | Savol-javoblar | 160 | Ibodatlar