Sovg‘ani qaytarish hukmi

Assalomu alaykum! Ma’lumki, yilning 14-kunida Vatan ximoyachilari kuni nishonlanadi. Shu kunda erkak bo‘lganimiz uchun qizlar o‘zaro pul tashlab, sovg‘a olishadi. Bu jarayon o‘quv markazimizda va balki boshqa barcha o‘quv muassasalarida bo‘ladigan holatdir. Aslida buning hukmi qanday? Sovg‘a olishimiz joizdir, ular sovg‘a qilib berishligichi? Biz ustoz bo‘lib ishlaymiz. O‘tgan yili shu holatda o‘zlariga 8-mart sababidan o‘tirish qilib berdik. Savolim, qanday qilib biz ham ular bizga qilgan harajatni o‘zlariga ham qilib bera olamiz? Ming hijolat bilan yozdim. Uzr.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadya deb bersa qaytarishingiz shart emas. Agar qaytarmoqchi bo‘lsangiz biror kunga xoslamasdan qaytaravering. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 11:29 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar