Turmush o‘rtog‘im o‘rinlariga qaynotamning ruxsatlari
Assalomu alaykum! Turmush qurganimga ko‘p bo‘lmadi, yangi 2 oyli kelinman. Hali har doim uyga borib kelishga ruxsat so‘rashga turmush o‘rtog‘imladan so‘rasam xar doim qaynotamladan so‘ra deydila. Yaqinda xo‘jaynimlaga aytishga ulgurmadim, onamlani mazalari bo‘maganligi sababli qaynotamning o‘zlaridan so‘radim ula rozi bo‘lishdi. Barii bir xo‘jaynimladan so‘ray olmaganim uchun ko‘nglim bo‘lmadi bormadim. To‘g‘ri qildimmi? Shariatda er o‘rniga uni otalaridan rozilik olish to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Er ayolining butun ixtiyorini ota-onasiga berib qo‘ymaslik kerak. Ularni qiladigan karamiga ham muhtoj qilmaslik kerak. Aks holda qilgan yaxshiliklarini evazini talab qilishga ham o‘tib qolishadi. Hamma munosabat Allohning roziligi uchun bo‘lishi shart. Kelin xizmat qilsa Alloh taoloning roziligini umid qilib xizmat qilsin. qaynona va qaynota ham ehson qilmoqchi bo‘lishsa Alloh taoloning roziligini umid qilib qilishsin. Bir biridan nomunosib so‘z yoki harakat sodir bo‘lsa “Men barcha yaxshiligimni Alloh uchun qilganman, savobini ham Allohdan umid qilaman” deyishi kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 00:48 | Savol-javoblar | 131 | Oila va turmush