Ro‘mol o‘rashlik

Assalomu alaykum! Bir qizni yoqtiraman u qizni uyiga sovchi ham yuborganman uydegilari ham rozi bo‘lgan faqat u qiz mening shartimga ko‘nmayapti yani sizga uylanganimdan kegin albatta sizga ro‘mol o‘rataman degandim u qiz rozi bo‘lmayapti. Uyimdagi Onam va opalarim barchasi ro‘mol o‘raydi shu sabab u qizga ham ro‘mol o‘resiz dep shart qo‘ygan edim. lekin rozi bo‘lmadi. U qizning aytishicha to‘ydan keyin ham qachonki o‘zim hoxlab ro‘mol o‘ramagunmcha menga majburlab ro‘mol o‘ratmiman dep vada bering dedi. Onam va opalarim esa to‘ydan keyin o‘zimiz o‘ratvolamiz rozi bo‘lovir diyapti to‘y bo‘lib o‘tkandan so‘ng u qizning ro‘mol o‘ramasligi sababli fitna chiqmasin bir oila buzilib ketmasin dep qo‘rqaman. Shuning uchun menga maslahatingiz juda ham zarur.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo sizning uyingizdagi ayollar ro‘mol o‘ragani uchun ro‘mol o‘rashi kerak emas, Alloh avratni yopishni farz qilgani uchun o‘rashi farz. O‘zi istab o‘ragisi kelmasachi? Shuning uchun agar kelajakda shu sabab oilangizga darz ketishi ehtimoli bo‘lsa, unda masalaga jiddiyroq qarang. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:02 | Savol-javoblar | 156 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar