Shirk aralash qo‘shiq

Assalomu alaykum! Ma’lumki yurtimiz aholisi orasida qo‘shiq eshitish ancha avj olgan. Afsuski bularning ichida g‘arb mamlakati xonandalarining shirk va kufr so‘zlar aralashgan qo‘shiqlarini tinglovchilar ham talaygina. Shunday qo‘shiqlardan biri Eminem ismli repperning "Rap God" ya’ni "Rep Xudosi" nomli qo‘shig‘i. Bu qo‘shiq Ginnesning rekordlar kitobiga kirgani uchun butun dunyo bo‘ylab, shu jumladan bizning yurtimizda ham yoshlar orasida ancha ommalashgan. Shu qo‘shiqning shunchaki birinchi qatorini tarjima qilib bermoqchiman: "Men o‘zimni rep Xudosidey his qilishni boshlayapman". Birinchi qatoriyoq shunday kufr bo‘lib turgandan keyin davomini aytishning keragi ham yo‘q. Aslida bu kabi shirk va kufr aralash qo‘shiqlar juda ham ko‘plab topiladi. Savolim esa quyidagicha: Shu va shunga o‘xshash qo‘shiqlarni bilib kuylasa nima bo‘ladiyu, bilmay kuylasa nima bo‘ladi? Alloh o‘zi saqlasin mabodo dindan chiqib qoladigan bo‘lsa, dindan chiqib qolgan inson keyin nimalar qilishi kerakligi haqida ham to‘liqroq ma’lumot bersangizlar. Alloh hammamizni bunday shirk va kufrdan o‘zi saqlasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Aqiydaga tegishli “Qasidai omoliy” nomli kitob bor. Ulamolar ichida mashhur. O‘sha kitobda “kufr so‘zini o‘z ixtiyori bilan, kufr ekanligini bilmasdan aytsa ham kofir bo‘ladi deyilgan. Bu g‘aflatda qolib dinni rad qilish hisoblanadi” – deylgan.  Kalima aytadi va tavba qiladi. Vallohu a’lam!

7 May 2022, 07:10 | Savol-javoblar | 157 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar