Janozadan so‘ng duo
Assalamu alaykum! Hurmatli ustozlar, yaqinda Yorqinjon qori domlaning bir mavizalarida mazhabimizda janozadan so‘ng qo‘l ko‘tarib duo qilish makruh ekanligi haqida eshitib qoldim. Iltimos shu haqida ma’lumot bersangizlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! «Janozaning o‘zi duo bo‘lgani bois, undan avval ham, keyin ham duo qilinmaydi. Qo‘l ko‘tarib duo qilish esa kitob, sunnat va ijmo’i ummatga xilof o‘laroq janozaga ziyoda qilishdir». (Dok.Muhammad Abdulhay. «Ahkomi Mayyit», 73-bet.) لا يقوم بالدعاء بعد صلاة الجنائز لانه دعاء مرة لان اكثرها دعاء «Janoza namozlaridan keyin duo qilinmaydi. Chunki u yana bir bor duo qilish hisoblanadi. Janozaning aksari esa duodir» («Fatavoi Bazzoziyya», 4-jild, 80-bet). Bu ikki kitoblar hanafiy mazhabining mo‘tabar kitoblaridan hisoblanadi. Fitna chiqarmasdan asta-asta amal qilishga o‘tishimiz kerak. falonchi qiladi, pistonchi qilmaydi deb janjal qilishni hojati yo‘q. chunki hammamizga ma’lum biz ilmdan, dinimizdan ancha uzoqlashib ketgan edik. O‘likka atab chiroq yoqish, ularga atab qo‘y so‘yish, jinlarga atab is chiqarishlar kabi shar’an nojoiz ishlardan endi qutildik. Vallohu a’lam!
29 Aprel 2022, 02:41 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar