Foydani halol bo‘lishi
Assalomu alaykum! Oliy o‘quv yurtida o‘qiyman va ishlayman. Bizda, ta’lim grantlari, dasturlari taqdim etib boriladi. Unda qatnashib, g‘olib bo‘lganlarga pul mukofotlari beriladi. Shunday grantlarning birida o‘tgan yili g‘olib bo‘lib, pul mukofoti yutgandim. Grant taqdim etuvchi muassasa bu grantda boshqa yo‘nalishdagi o‘qituvchilar ham ishtirokini keng targ‘ib qilinglar deb so‘rashadi. Ammo, hamma ham ingliz tili, kompyuter texnologilaridan foydalanishni va grant talablarini to‘liq qondirishni bilmaganlari, yoki eringanlari uchun, lekin, xalqaro grant egasi sertifikatini olish uchun (bu esa ular uchun katta ahamiyatga ega) men kabi til va yo‘l yo‘rig‘ini biladigan yoshlar bilan kelishib, birga ishtirok etadilar. Menda ham shu holat bo‘ldi. Grantni ularning nomlaridan yutdik. Barcha dokumentlarni tayyorlash, xorij bilan aloqa o‘rnatish, darslarni tayyorlash (buni ichida juda ko‘p ishlar bor) hammasini o‘zimiz ( 3 kishi) bajaryapmiz. Oldindan, sertifikat va ma’lum miqdorda pul ajratilishini etganman, rozi bo‘lishgan. 1. Bunday ish qilish joizmi? Topganimiz halol bo‘ladimi? 2. Ularga aslida qancha miqdorda pul ajratishimiz kerak? Yoki ajratmasak ham joiz bo‘larmidi? 3. Kelishilgan puldan ko‘proq so‘rab qolishsa nima qilishim joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu ishingiz ilm fanni rivojiga foyda keltirmasligini aniq bilsangiz kerak. Aldov bilan bo‘lgan narsa joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:49 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu ishingiz ilm fanni rivojiga foyda keltirmasligini aniq bilsangiz kerak. Aldov bilan bo‘lgan narsa joiz bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!
4 May 2022, 06:49 | Savol-javoblar | 166 | Moliya va tijorat