Magazindagi ish

Assalomu alaykum! Men hozirda chet eldaman va yaqinda shu erdagi magazinga ishga kirmoqchiman bu magazinga esa xizmat yuzasidan spirtli ichimliklarni joylashtirish va yoki ratalarga terish k.k bo‘ladi men shunday joyda ishlashim joizmi yoki boshqa ish topganim maqulmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Boshqa ish toping. عَنْ أَنَسٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فِي الْخَمْرِ عَشْرَةً: عَاصِرَهَا، وَمُعْتَصِرَهَا، وَشَارِبَهَا، وَحَامِلَهَا، وَالْمَحْمُولَةَ إِلَيْهِ، وَسَاقِيَهَا، وَبَائِعَهَا، وَآكِلَ ثَمَنِهَا، وَالْمُشْتَرِيَ لَهَا، وَالْمُشْتَرَى لَهُ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَبُو دَاوُدَ Anas roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam xamr(aroq)da o‘n(kishi)ni la’natladilar: uni siquvchisini, siqishni buyurganni, ichuvchisini, hammolini, ko‘tartirib yuruvchisini, quyib beruvchisini, sotuvchisini, bahosini eyuvchisini, sotib oluvchisini va sotib olib kelib beruvchisini».
Termiziy va Abu Dovud rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 06:33 | Savol-javoblar | 161 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar