Juma namozida sunnat o‘qimaydi

Assalomu alaykum! Men Evropaning Avstriya davlatida, Vena shaxrida yashayman. Savollarim ko‘p, lekn bugun juma namozi xaqida so‘ramoqchiman. Jumaga azon aytilgandan keyn sunnat o‘qimasdan to‘g‘ri xutbaga o‘tip ketiladi. Bilishimcha o‘zimizda unday emas. Xutbadan keyn qomat aytip farzga turiladi. Men farzdan oldingi to‘rt rakat sunnat namozini qachon ado etganim joiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Juma kuni peshinni taqvimdagi vaqti kirganida to‘rt rak’at sunnatini o‘qib olsangiz ham farzdan keyin bir chetga o‘tib sakkiz rak’at sunnatlarini o‘qisangiz ham bo‘ladi. Masjidni ham sunnatni o‘qiydiganiga o‘zgartirib ko‘ring. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 12:24 | Savol-javoblar | 159 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar