Targeting
Assalomu alaykum! Men target qilib mahsulot sotaman shunda bir mahsulotni reklama qilgandim. Bizga reklama matnlari berilganidi lekin bu mahsulot reklamada berilgan matndagi xususiyatlarga ega emas ekan, shuni bilganimdan so‘ng ozgina sotdim keyin bu mahsulotni sotishni to‘xtatdim. Hozirda shu mahsulotlardan kelgan foydadan tushgan pulim bor va oldin kelgan pullarini ham shu ishni qilish uchun ishlatganman endi hozirda bor pulimni savob umid qilmasdan sadaqa qilib yuborib boshqattan pul tikib ishni qaytadan boshlashni mo‘ljallavaman shu ishim to‘g‘ri bo‘ladimi chunki undan kelgan foyda pullarini ham shu ishga ishlatganman yoki boshqacha yo‘l tutishim kerakmi. Yana bir savolim bor edi sotayorgan mahsulotimiz uchun rasm beriladi shu rasm asl rasmidan boshqacha bo‘lishi mumkin shu narsani qo‘yish joiz bo‘ladimi, chunki mijoz aynan rasmdagi tovarni emas boshqacha ko‘rinishdagi mahsulotni oladi masalan rangi boshqacha bo‘lishi mumkin yoki shakli rasmdan biroz boshqacha bo‘lishi mumkin olgan odam har xil holatda buyurtmani bekor qilishi mumkin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). O‘sha tavarni olganlar savdoni buzishni talab qilmagan bo‘lsalar olgan pulingiz harom emas. Balki o‘sha yolg‘on so‘zingiz uchun gunoh orttirgansiz. 2). Surat tovarning asl ko‘rinishini to‘liq ifodalab bera olmaydi. Bu barchaga ma’lum narsa. Shu e’tiboridan ham tovarni qo‘liga olgan mijoz uning o‘ramini ochib ko‘rgach agar yoqmasa savdoni buzishga haqlidir. Bu xiyori ru’ya deyiladi. Ammo qizil narsaga ko‘k rangni qo‘yib reklama qilish esa ochiq-oydin yolg‘ondir. Vallohu a’lam!
24 Noyabr 2023, 11:41 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat