Jamoat namoziga borishga uzr
Assalomu alaykum! 1. Bizning uyga eng yaqin masjid 4-5 km uzoqda azon eshitilmaydi. Shu xol jamoat namoziga chiqmaslikga uzur bo‘la oladimi? 2. Ba’zida biz namoz vaqtida masjidga uncha uzoq bo‘lmasada kirolmaymiz sabablari turlicha masalan: maktabda darsda bo‘lganim uchun, yo‘lda bo‘lganim uchun shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uzr bo‘lolmaydi, imkon boricha borishga harakat qiling. JAMOAT NAMOZIDAN QOLIShGA UZRLAR عَنْ نَافِعٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ ابْنَ عُمَرَ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَذَّنَ بِالصَّلَاةِ فِي لَيْلَةٍ ذَاتِ بَرْدٍ وَرِيحٍ، ثُمَّ قَالَ: أَلَا صَلُّوا فِي الرِّحَالِ، ثُمَّ قَالَ: إِنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ كَانَ يَأْمُرُ الْمُؤَذِّنَ إِذَا كَانَتْ لَيْلَةٌ ذَاتُ بَرْدٍ وَمَطَرٍ يَقُولُ: أَلَا صَلُّوا فِي الرِّحَالِ. رَوَاهُ الثَّلَاثَةُ Nofe’ roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Ibn Umar roziyallohu anhu sovuq va shamolli kechada namozga azon aytdi. So‘ngra:
«Ogoh bo‘linglar! O‘z joylaringizda namoz o‘qinglar!» dedi. Keyin esa:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sovuq va yomg‘irli kecha bo‘lsa, muazzinga «Ogoh bo‘linglar! O‘z joylaringizda namoz o‘qinglar!» deyishni amr qilar edilar», dedi».
Uchovlari rivoyat qilganlar.
Sharh: Avvalo, roviy Nofe’ roziyallohu anhu bilan yaqindan tanishib olaylik.
Nofe’ al-Madaniy, kunyalari Abu Abdulloh. Bu zot ulug‘ tobe’inlardan bo‘lib, Abdulloh ibn Umarning qullari edilar.
Nofe’ roziyallohu anhu taqvodor, fiqh ilmida alloma, hadis ilmida ishonchli edilar. Bu zot rivoyat qilgan hadisda xato yoki zaiflik topilmas edi.
Umar ibn Abdulaziz bu zotni sunnatni o‘rgatish uchun Misrga jo‘natgan edilar.
Nofe’ roziyallohu anhu hijratning 119-yili Madinada vafot etdilar.
Buyuk sahobiy Abdulloh ibn Umar sovuq va shamolli kechada namozga azon aytib:
«Hayya alal falah»ning o‘rniga «Alaa, solluu fii rihalikum», ya’ni, «Ogoh bo‘linglar! Joylaringizda namoz o‘qinglar!» deb aytdilar va bu ishning Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning amrlariga muvofiq bo‘ganligini bayon qilib qo‘ydilar.
Demak, sovuq, bo‘ronli, yomg‘ir va qorli kechalarda jamoat bilan namoz o‘qilmasa, uzr qabul bo‘lar ekan.وَقَالَ مَحْمُودُ بْنُ الرَّبِيعِ رَضِي اللهُ عَنْهُ كَانَ عِتْبَانُ بْنُ مَالِكٍ يَؤُمُّ قَوْمَهُ وَهُوَ أَعْمَى، فَقَالَ لِرَسُولِ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: إِنَّهَا تَكُونُ الظُّلْمَةُ وَالسَّيْلُ وَأَنَا رَجُلٌ ضَرِيرُ الْبَصَرِ، فَصَلِّ يَا رَسُولَ اللهِ فِي بَيْتِي مَكَانًا أَتَّخِذُهُ مُصَلَّى، فَجَاءَهُ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ فَقَالَ: أَيْنَ تُحِبُّ أَنْ أُصَلِّيَ، فَأَشَارَ إِلَى مَكَانٍ مِنَ الْبَيْتِ، فَصَلَّى فِيهِ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ. رَوَاهُ الشَّيْخَانِ Mahmud ibn Robe’ roziyallohu anhu aytadilar:
«Utbon ibn Molik o‘z qavmiga imomlik qilar edi. Uning ko‘zi ojiz edi. Bas, u Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga:
«Albatta, zulmat, sel bo‘lib turadi, men esa ko‘zi ojiz odamman. Ey Allohning Rasuli, menga uyimdan bir makonda namoz o‘qib bering, o‘sha joyni namozgoh qilib olaman», dedi. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam unikiga keldilar va:
«Qaerda namoz o‘qib berishimni istaysan?» dedilar.
Shunda uyidagi bir joyga ishora qildi. Bas, u zot o‘sha joyda namoz o‘qidilar».
Ikki Shayx rivoyat qilganlar.
Sharh: Avvalo hadisning roviyci Mahmud ibn Robe’ roziyallohu anhu bilan tanishib olaylik.
Mahmud ibn Robe’ ibn Suroha al-Ansoriy al-Xazrajiy, kunyalari Abu Muhammad.
Bu zot Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning hadislarini Utbon ibn Molik, Uboda ibn Somit, Abu Ayyub al-Ansoriylardan rivoyat qiladilar.
Bu zotdan Anas ibn Molik, Zuhriy, Rajo ibn Xayvalar rivoyat qilganlar.
Mahmud ibn Robe’ hijratning 99-yili 93 yoshlarida vafot etdilar.
Ushbu rivoyatning qahramoni Itbon ibn Molik roziyallohu anhu ansoriy sahobalardan bo‘lib, Xazraj qabilasidan edilar. U kishi Badr g‘azotida ishtirok etish baxtiga ham muyassar bo‘lganlar. Itbon ibn Molik roziyallohu anhu o‘z qavmlariga imom ham edilar. Ko‘zlari ojiz bo‘lib qolgani sababli hazrati Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga borib, boshqa bir rivoyatda kelishicha:
«Mening ko‘zim ojiz bo‘lib qoldi. Ko‘pincha qavmimga namoz o‘qib berib turaman. Yomg‘ir yog‘ib, vodiydan sel oqsa, oramiz uzilib qoladi. Ularning masjidiga borib, namoz o‘qib bera olmay qolaman. Xohlar edimki, siz uyimga borib, namoz o‘qib bersangiz, o‘sha joyni namozgoh qilib olsam», dedi.
Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam u kishining takliflariga binoan, lutf ko‘rsatib, bir kuni choshgoh paytida Abu Bakr Siddiq roziyallohu anhu bilan uylariga kirib bordilar.
«Qaerda namoz o‘qishimni istaysan?» deb so‘radilar.
Itbon roziyallohu anhu bir joyga ishora qildilar va u zot sollallohu alayhi vasallam ularga imom bo‘lib, ikki rak’at choshgoh namozi o‘qib berdilar.
Ushbu hadisi sharifdan olinadigan foydalar:
1. Ko‘zi ojiz kishining imom bo‘lishi mumkinligi.
2. Sel kelishi jamoatga bormaslikka uzr bo‘lishi.
3. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning kamtarin va sodda ekanliklari.
4. Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning namoz o‘qigan joylarini namozgoh qilib olib, o‘sha joyni tabarruk hisoblab, namoz o‘qib yurish yaxshi ekanligi. عَنِ ابْنِ عَبَّاس رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ سَمِعَ الْمُنَادِيَ فَلَمْ يَمْنَعْهُ مِنِ اتِّبَاعِهِ عُذْرٌ لَمْ تُقْبَلْ مِنْهُ الصَّلَاةُ الَّتِي صَلَّى، قَالُوا: وَمَا الْعُذْرُ؟ قَالَ: خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim nido qiluvchi, ya’ni muazzinni eshitsa-yu, unga ergashishga uzr mone’lik qilmasdan (namozga kelmasa) o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi», dedilar».
«Uzr nimadir?» deyildi.
«Xavf va bemorlik», dedilar».
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Sharh: Bu hadisda uzrsiz masjidga borib, jamoat bilan namoz o‘qimaslik gunoh hisoblanishi, unday odamning o‘zi o‘qigan namozi qabul bo‘lmasligi haqida so‘z bormoqda.
Oldingi hadisda kelgan jamoat namoziga bormaslik uchun bo‘ladigan uzrlarga bu hadisda ikki uzr qo‘shilmoqda:
1. Xavf.
Agar inson dushman, yirtqich hayvon, yong‘in yoki shunga o‘xshash narsalardan xavfu xatarda bo‘lsa, jamoat namoziga bormasa, uzri maqbul.
2. Bemorlik.
Bemor kishi ham ma’zur hisoblanadi. Chunki u jamoat namoziga borishga mashaqqat chekadi. Islom dini odamlarga mashaqqat bo‘lishini xohlamaydi. Mazkur uzrlari yo‘q insonlar, albatta jamoat namoziga borishlari kerak. Bormasliklari mutlaqo mumkin emas. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 13:07 | Savol-javoblar | 173 | Namoz