Vakillik va ribo
Bir shaxs uy sotishda vakil yolladi. Vakil xaridor bilan o‘zi savdolashib, uy egasi umuman aralashmadi. Xaridor mablag‘ning bir kismini qarz qilmoqchi. Vakil shu qarz mablag‘ni o‘z yonidan qo‘shib, pulni to‘liq qilib uy egasiga bermoqchi. Evaziga esa 1 million so‘m olmoqchi. U o‘zi qilayotgan ishni to‘g‘riligini quyidagicha tushuntiryapti: "Xaridor uyni men (ya’ni vakil)dan sotib olyapti, shu sababli men tavakkal qilib, o‘z pulimni qo‘shib uy egasiga beryapman va uy olib sotishdan foyda ko‘ryapman". Xaridor bu savdo noto‘g‘ri degan fikrda. Uning fikricha "Vakil o‘zi uyni sotib olmay turib boshqasiga sotolmaydi. Shuning uchun u o‘z pulini aralashtirgani uchun 1 million olsa-ribo bo‘ladi. Qarzga sotilishiga sotuvchi rozi va tavakkalniyam o‘zi qiladi. Shuning uchun sotuvchining roziligi bilan vakil xizmati uchun 700 000 olsin-shu pul unga halol". Bunda kimning fikri shar’iy savdo qoidasiga mos keladi?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xaridorning fikri.
26 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Xaridorning fikri.
26 May 2022, 18:18 | Savol-javoblar | 150 | Turli savollar