Oxiratda banda bandani so‘roq qiladimi?
Assalomu alaykum! Ba’zida ko‘cha-kuyda yurganimizda, "Xudoga soldim" yoki "Oxiratda bitta bitta so‘rab olaman" kabi iboralarni eshitamiz. "Xudoga soldim" degan ibora tushunarli, ya’ni bir odamni ikkinchi odamga qilgan yomon ishi (tuxmat, yolgon,...)ni uchun bandani o‘zi ko‘rashmay, qilgan yomonlikni jazosi, xudodan qaytishini so‘rab qolganini bildiradi menimcha. "Oxiratda so‘rab olaman" iborasi xaqida tushuncha bersangiz. Oxiratda bandaga biron kishi yomonlik qilgan bo‘lsa yoki gumoni bo‘lsa shuni so‘raydimi? Bugungi kunda oldi-berdi masalasida vaqtida qaytarilmagan qarzni qaytarib olish maqsadida (ya’ni qo‘rqitish, shunday desam qaytaradi degan ma’noda), "qarzni bermasangiz oxiratda savobizdan olaman" deb aytish qanchalik to‘g‘ri?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi va sallam: «Kimning birodariga qilgan zulmi bo‘lsa, undan o‘shani halollab olsin.
Chunki u yoqda dinor ham dirham ham bo‘lmas. Bu narsa uning yaxshiliklaridan birodariga olib berilmasidan oldin bo‘lsin. Agar uning yaxshiliklari bo‘lmasa, birodarining yomonliklaridan olib uning ustiga yuklanadi», dedilar». (Buxoriy, Muslim, Termiziy)
Termiziyning lafzida: «Alloh bir birodariga uning obro‘sida yoki molida zulm qilib, keyin uning oldiga borib dinor ham, dirham ham yo‘q joyda uni tutilishidan oldin haqini halol qilishini so‘ragan odamni Alloh rahm qilsin. Agar uning yaxshiliklari bo‘lsa, yaxshiliklari olinadi. Agar uning yaxshiliklari bo‘lmasa, unga ularning yomonliklari yuklanadi», deyilgan.
Sharh: mo‘min-musulmon banda qiyomatdan oldin, u dunyoga jo‘nashdan oldin o‘zida birovning haqi qolmasligi uchun kerakli chora tadbirni ko‘rmog‘i lozim. U o‘zida kimning haqi bo‘lsa o‘sha haqni egasiga qaytarmog‘i yoki haq egasidan haqini kechib yubormog‘ini yo‘lga qo‘yishi kerak. Misol uchun birovga xoh obro‘da bo‘lsin, xoh molu mulkda bo‘lsin zulm qilgan. Tezda o‘sha odamdan uzr so‘rab haqini halol qilishini yo‘lga qo‘ymoq zurur. Agar buni qilmasa, ertaga dinor ham, dirham ham, vositachiliklar ham o‘tmaydiga oxirat diyorida xijolat-chilikda qoladi. U erdagi xijolatchilikning eng engili zolimning savobli ishlari bo‘lsa ularni mazlumga olib berish bilan bo‘ladi. Agar zolimning yaxshi ishlari bo‘lmasa, mazlumning yomonliklarini olib zolimga yuklash bilan bo‘ladi.
Abu Sa’id roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi va sallam:
«Mo‘minlar do‘zaxdan qutiladilar. Keyin ularni jannat bilan do‘zax orasidagi ko‘prikda ushlab turiladi. Bas, ba’zilaridan bu dunyoda bo‘lgan zulmlari uchun ba’zilariga qasos olinadi. Toki ularni to‘g‘rilab, poklab bo‘linganidan keyin ularga jannatga kirishga izn beriladi. Muhammadning joni qo‘lida bo‘lgan zot ila qasamki, ulardan biri jannatdagi manzilini bu dunyodagi manzilidan ko‘ra yaxshiroq biladi», dedilar». (Buxoriy)
Sharh: Shuning uchun qasosni oxiratga qo‘ymay bu dunyoda o‘tab qo‘yish lozim.2). Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda “Boyning (qarzni to‘lashga imkoni bor kishining) (zimmasidagi haqni) bermay, cho‘zib yurishi zulmdir” deyilgan. Beshovlari rivoyat qilishgan.
Birovga zulm esa og‘ir jinoyat bo‘lib, qiyomatda albatta jazolanadi. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 167 | Turli savollar