Rossiyada bankda pul saqlash

Assalomu alaykum! Hozirgi kunda Rossiya davlatidaman, albatta bu erda karta orqali pul jo‘natish va saqlash juda xam qulay, odatda kartada kotta miqdorda pul saqlab yurishga to‘g‘ri keladi. Albatta bu xavfli, chunki xakkerlik xujumlari orqali kartadagi pulni o‘g‘irlashlari mumkin. Shu pulni aloxida schet ochib saqlasangiz anchagina xavfsizroq, lekin barcha ochilgan schetlar uchun Bank majburiy foiz ishlab pulingizni xar oy ko‘paytirib turar ekan. Agar man xam shu xisobda pulni saqlab qo‘shilgan pullarni savob umid talaba qilmasdan kerakli joyga sadaqa qilib yuborsam, o‘zimni qolgan pulimga xarom aralashib qolmaydimi? Niyat faqat pulni xavfsizroq saqlash.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom aralashmaydi. O‘sha qo‘shilib qolgan ustamasini sadaqa qilib yuborsangiz bo‘ldi. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:02 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar