Jannatdagilarning ilk taomi haqida hadis

Bir ma’ruza eshitganimda, unda aytildiki Payg‘ambarimiz Rasulu Akram (s. A. V) Madinaga hijrat qilganliklarda oldilariga bir yahudiy kelib savolga chorlaydi. O‘sha savollarning biri, jannatga kirganlarga birinchi beriladigan taom haqida so‘ralgan, u erda Payg‘ambarimiz (s. A. V) baliq jigari deb javob bergan ekanlar, meni qiziqtirgan holat, nega jannat ahliga baliqning jigari berilish hikmatidur, oldindan Sizga katta rahmat. <pre>Anas ibn Molik roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Abdulloh ibn Salomga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning Madiynaga kelganlari etdi. Bas, u dedi:«Men sendan uch narsa haqida so‘rayman. Ularni Nabiydan boshqa bilmas. Qiyomatning avvalgi belgisi nima? Jannat ahli avval eydigan taom nima? Nimadan bola otasiga o‘xshaydi? Nimadan bola tog‘alariga o‘xshaydi? »Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Hozirgina Jabroil menga ularning xabarini berdi», – dedilar. «O‘sha, farishtalardan yahudiylarning dushmani», – dedi Abdulloh. Bas, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Ammo Qiyomatning avvalgi belgisi olov odamlarni mashriqdan mag‘ribga to‘plashi. Jannat ahli eydigan avvalgi taom baliq jigarining uchi. strong> Bolaning otasiga o‘xshashi, erkak ayolga yaqinlik qilganda uning suvi o‘zib ketsa, bola unga o‘xshash bo‘ladi. Qachon ayolning suvi o‘zib ketsa, unga o‘xshash bo‘ladi», – dedilar. «Albatta, siz Allohning Rasulisiz, deb guvohlik beraman! » – dedi. Keyin u:«Yo Rasulalloh, yahudiylar bo‘htonchi qavm. Agar ulardan so‘rashingizdan oldin mening Islomim haqida bilsalar, huzuringizda menga bo‘hton qilurlar», – dedi. Yahudiylar kelishdi. Abdulloh uyga kirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Abdulloh ibn Salom ichingizda qanday odam? » – dedilar. «U eng ilmligimizdir! U eng ilmligimizning o‘g‘lidir! U eng yaxshimizdir. U eng yaxshimizning o‘g‘lidir! » – deyishdi. «Aytinglar-chi, agar Abdulloh musulmon bo‘lsachi? » – dedilar. «Alloh uni bundan saqlasin! » – deyishdi. Abdulloh ularning oldiga chiqdi va:«Ashhadu allaa ilaaha illallohu va ashhadu anna Muhammadan Rasululloh! » – dedi. Bas, ular: «Yomonimiz! Yomonimizning O‘g‘li! » deyishdi va uning haqida yomon so‘zlar aytishdi». Buxoriy rivoyat qilgan. pre> &nbsp;
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Buning hikmatini bilmayman.

20 Aprel 2022, 19:41 | Savol-javoblar | 289 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar