Qari odamning ro‘za kafforati

Assalomu alaykum! Assalomu alaykum Ustoz buvim 86 yoshdalar ro‘za tutolmaydilar . Men talabaman pensiyalarini deyarli menga sariflaydilar . Pensialaridan menga o‘qishimga berayotgan pulni ro‘zaning kafforati deb niyat qilib bersalar joizmi . Yoki qanday yo‘l tutsinlar?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Ro‘zaning fidyasi miskinlarga, faqirlarga, beva-bechoralarga, nochorlarga, zakotga qodir bo‘lmaganlarga beriladi. Orasida tug‘ishganlik va er-xotinlik aloqasi borlarga, ya’ni o‘zining farzandlariga, farzandining farzandlariga, otasiga, eriga, xotiniga, boylarga, zakotga qodir bo‘lganlarga, zakot berish mumkin bo‘lmaganlarga berilmaydi. Vallohu a’lam!

14 May 2022, 13:51 | Savol-javoblar | 159 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar