iT orqali pul topish

Assalomu alaykum! Men iT sohasi bo‘yicha ish boshlamoqchi edim. Misol uchun dastlab diniy va dunyoviy ilmlar bo‘yicha ilovalar chiqazish, youtube orqali kanal ochib yuritmoqchi edim. Maqsadim ham xalqimni ilmiy salohiyatini oshirish, ham pul topish. Bu ishim agar diniy ilovalar misol uchun namoz haqida va hakazo chiqarsam bu pul topish uchun dindan foydalanayotgan bo‘lmaymanmi? Buni hukmi qanday bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz musulmonlarga foyda bo‘lishi uchun diniy ilovalar qilmoqchi bo‘lsangiz, shariatni yaxshi biladigan ahli ilm kishilarni topib o‘shalarning nazoratida qilishingiz kerak. Chunki bu din, musulmonlarning aqida va ibodatlariga, oxiratiga bog‘liq masalalar. Buning javobgarligi ham shunga yarasha mas’uliyatlidir. Ahli ilm kishilar nazoratida, ularning bevosita rahbarligida amalga oshirsangiz baraka ham bo‘ladi, xatodan ham omonda bo‘lasiz. Ilova uchun sarf qilingan mablag‘ va xizmatingiz uchun pul olishingiz joiz. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 14:46 | Savol-javoblar | 178 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar