Zararni kim qoplash kerak?

Assalomu alaykum! Men Rossiyada haydovchilik qilaman. Yaqinda meni aybim bilan yo‘l transport xodisasi yuz berdi. Jabrlanuvchi ham o‘zbek ekan. Bu erning qonuni bo‘yicha jabrlanuvchining moshinasini mening sug‘urta agentligim zararni qoplab berishi kerak. O‘zimni moshinamni esa o‘zim. Lekin u bolani haydovchilik guvohnomasi umuman (yani olmagan) yo‘qligi uchun sug‘urta agentim zararni qoplashdan bosh tortdi. DAN xodimlari esa meni moshinamni zararini u boladan undurishga protokol yozdi. Shunda u bolaga “meni moshinam yuk moshina, unchali zarar etmadi, shuning uchun o‘zimni moshinamni o‘zim to‘g‘irlab olaman, o‘zingni moshinangni o‘zing to‘g‘rilatib ol” deb ketgan edim. Oradan 7 kun o‘tib u bola “900$ga moshinani tamirlatdim, hech bo‘lmasa yarimini bering. Agar bermasangiz qiyomat qarz bo‘lasiz, qiyomatda baribir undirib olishimni bilasizku, Allohdan qo‘rqing” deb davo qilyapt. Men o‘ylab ko‘raman deb muxlat so‘radim. Men nima qilishim kerak? U pulni berishga meni sharoitim to‘g‘ri kemaydi. Agar bermasam haqiqatdan ham qarzdor bo‘lamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Zararni to‘lashingiz zimangizga vojib. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 09:27 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar