Erning moliyaviy burchi
Assalomu alaykum! Oilamizda bir muammo borki, turmushimizga 6 yil bo‘lgan bo‘lsada xali echimini topolmadim. Turmush o‘rtog‘im yaxshi pul topadilar, lekin isrof qilib ishlatadilar. Xayr sadaqa qilmaydilar, kommunal to‘lovlarga to‘lamaydilar, sog‘liklarini tiklashga qizg‘onadilar, ota-onasiga xam bermaydilar yoki kelajak uchun yig‘maydilar. Faqat kiyim ustiga kiyim olish, bema’ni va keraksiz xaridlar, eyilmaydigan oziq-ovqatlarga sarflanib oyni oxiriga borib xatto nonsiz och qolib ketamiz. Shu to‘g‘rida uyda xar doim janjal, qaynota qaynanaga xam aytdim, foyda bo‘lmadi. Yashab turgan uyimizni xam qaynotam olib bergan, shu yoshga kirib erim xatto uy ololmagan shunaqa xarakteri bilan, endi esa men pala partish sarf xarajatdan charchab turmush o‘rtog‘imni cho‘ntagidan pullarini o‘g‘irlab yig‘ib qo‘yishni odat qildim. Nochor qolgan kunlarimizda ishlatish uchun. Men qolgan ushbu vaziyatda qilgan o‘g‘irligim gunox emasmi? Umuman shu atayin qilinayotgan bu isrofgarchilikka qanday kurashsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Turmush o‘rtog‘ingizning qilayotgan ishi albatta ayni isrofdir. Shariatimiz isrofni harom qilgan. Bu masala alohida kitob qilib yoritilgan.
Bu isrofni oldini olish uchun eringizning mablag‘larini olib qo‘yishingiz joiz emas. Agarda eringiz sizning nafaqangizni bermayotgan taqdirda bunga yo‘l bo‘lishi mumkin edi. Ammo modomiki sizning nafaqangizni berib turgan ekan siz uning mablag‘idan ruxsatisiz olishingiz o‘g‘irlik sanaladi.
Siz yuqorida havola berilgan erda kiyim-kechakdagi isrofga dinimizning munosabatini o‘rganing, eringizga ham bildirib qo‘ying. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:22 | Savol-javoblar | 142 | Oila va turmush