Ayoliga kofirsan desa taloq tushadimi?

Assalomu alaykum! Agar er xotinini ibodatdaligini Allox kalomi bilan yurishini istig‘for keltirishini bilib turib jaxl bilan "san kofirsan" desa eri shu gapi bilan kufr gap gapirib qo‘ygan bo‘lib o‘rtaga taloq tushib qomidimi? Kufr gap gapirilganda nikoxga putur etadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ne’matni bilmaydigan, ne’matga shukur keltirmaydigan degan gapni qasd qilgan bo‘lsa kofir bo‘lib qolmaydi. Odatda ayollar ko‘p noshukrlik qilishadi. عَنِ ابْنِ عُمَرَ رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: يَا مَعْشَرَ النِّسَاءِ تَصَدَّقْنَ وَأَكْثِرْنَ الْاِسْتِغْفَارَ، فَإِنِّي رَأَيْتُكُنَّ أَكْثَرَ أَهْلِ النَّارِ فَقَالَتِ امْرَأَةٌ مِنْهُنَّ جَزْلَةٌ: وَمَا لَنَا يَا رَسُولَ اللهِ أَكْثَرَ أَهْلِ النَّارِ؟ قَالَ: تُكْثِرْنَ اللَّعْنَ وَتَكْفُرْنَ الْعَشِيرَ وَمَا رَأَيْتُ مِنْ نَاقِصَاتِ عَقْلٍ وَدِينٍ أَغْلَبَ لِذِي لُبٍّ مِنْكُنَّ قَالَتْ: يَا رَسُولَ اللهِ، وَمَا نُقْصَانُ الْعَقْلِ وَالدِّينِ؟ قَالَ: أَمَّا نُقْصَانُ الْعَقْلِ فَشَهَادَةُ امْرَأَتَيْنِ تَعْدِلُ شَهَادَةَ رَجُلٍ فَهَذَا نُقْصَانُ الْعَقْلِ، وَتَمْكُثُ اللَّيَالِيَ مَا تُصَلِّي وَتُفْطِرُ فِي رَمَضَانَ فَهَذَا نُقْصَانُ الدِّينِ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ.Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: 
«Ey ayollar jamoasi, sadaqa qilinglar, istig‘forni ko‘proq aytinglar. Albatta, men sizning do‘zax ahlining ko‘pi ekanligingizni ko‘rdim», dedilar. Ulardan bir gapga usta ayol: 
«Ey Allohning Rasuli, bizga ne bo‘ldiki, do‘zax ahlining ko‘pi ekanmiz?» dedi. 
«La’natni ko‘paytirasiz, erga kufr keltirasiz. Sizga o‘xshagan aqli va dini noqislarning aql egasi ustidan g‘olib bo‘lishini ko‘rmadim», dedilar. 
«Ey Allohning Rasuli, aql va dinning nuqsoni nimadir?» dedi. 
«Aqlning nuqsoni – ikki ayolning guvohligi bir erkakning guvohligiga to‘g‘ri keladi. Bu aqlning nuqsonidir. Ayol bir necha kunlarni namoz o‘qimay o‘tkazadi va Ramazonda ro‘za tutmaydi. Bu dinning nuqsonidir», dedilar».
Beshovlari rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 194 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar