Mexmonxonada oylik

Assalomu alaykum! Men mexmonxonada ishlardim, u erda qabulchi edim. Xonalarni kalitini men berardim (mijozlarga) va oxirida pullarini xam, men olardim. Men 24 soat ishlardim, xaftada 3 kun. Lekin ko‘pincha, tunda xar xil odamlar kelardi va ularga men xizmat ko‘rsatishim majburi edi. Ulardan to‘lovini olib, xona taqdim qilardim. Ular to‘layotgan pullar xoram (deb o‘ylayman) va bu puldan oylik olishni istamayman. Ko‘pincha odamlar bu pul (oylikni) xarom deyapti, aksinchasi esa, bu pulni ter to‘kib ishlayapsan, bu pul xalol, gunoxi esa bilib turib, cheklov qo‘ymagan boshlig‘inga deyishdi. Meni oyligim xarommi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Harom ish qilishi ochiq-oydin bo‘lsa, ularga xizmat qilmang. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 04:46 | Savol-javoblar | 197 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar