Bobolar yoki azizlar
Bismillahir Rohmanir RohiymAssalomu alaykum va rohmatullohi va BarokotuhHurmatli Shayx hazratlari. Bir hamkasbim menga quyidagilarni so‘zlab berdi:- Men zahiradagi harbiyman. Taxminan 24 yoshimdan menda g‘alati holatlar sodir bo‘la boshladi: yuragim behalovat bo‘lib hushimdan keta boshladim va besabab kayfiyatim tushkun holatga tusha boshladi. Tez-tez asabiylasha boshladim. Ishxonam tomonidan epilepsiya (tutqanoq) tashhisi bilan tibbiy tekshirishdan o‘tish uchun Toshkentga yuborishdi. U erda tibbiyot xodimlari, hattoki ko‘plab asab tizimidagi tibbiy ilmiy tekshirish institutlari ham sababini aniqlasha olmadi (tashhizni tasdiqlasha olmadi). Ammo shunday bo‘lsa-da yuqoridagi tashhiz bilan nafaqaga chiqarib yuborishdi. Keyinchalik tushunib bo‘lmas sabablarga ko‘ra oilam bilan ajrashdim.Yuqorida aytib o‘tilgan holat yaqin kungacha davom etib kelayotgan edi. 15 kun ilgari bir tanishim maslahatiga ko‘ra nomi chiqqan bir domlaga davolangani bordim. U kishining aytishicha menda, bu holat menda 12 yildan buyon mavjud ekan. Yana u kishi menda odamlar (bobolar) borligini va ular juda xam toza ekanligini aytib o‘tdi. Uyda oilam bilan suhbatlashganimda rahmatli onam ham shunday holatda bulib qiylanganlarini aytib o‘tishdi va menga ushbu bobolarni bo‘ynimga olishimni ya’ni qabul qilishim kerakligini va buni qabul kilgan insonlar boshqa insonlarga beminnat yordam qilishi kerak ekanligini va dinni chuqur o‘rganishim kerak ekanligini maslaxat berishdi va men qabul qildim. Shundan so‘ng namoz o‘qishni o‘rgana boshladim va islom dini haqida kitoblardan va din haqida yaxshiroq biladigan tanishlarimdan o‘rgana boshladim. Natijada menda yuqorida aytib o‘tgan ruhiy holatim yaxshi tomonga o‘zgara boshladi. Men bu holatda hamkasbimga ehtiyotkorlik bilan bu narsaga yondashish kerakligini, ehtiyotsizlik yoki diniy bilim etishmasligi sababli islomga zid ish qilib qo‘ymasligini aytdim. Ammo men ham bobolar (odamlar) haqida etarli bilim va tasavvurga ega emasman. Ayni paytda o‘rtog‘imga yordam bermoqchiman. Hurmatli Shayx hazratlari. Odamlar (bobolar) haqida islom dinining munosabati qanaqa? Umuman shu va shunga oid tushunchalarga izoh bersangiz. Bunday holatlarda nima qilish kerak va nimadan tiyilish kerak? Javobingiz uchun rahmat. Alloh sizdan rozi bo‘lsin.Assalomu alaykum va rohmatullohi va Barokotuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday gap yo‘q. Siz aytib o‘tganga o‘xshash holatlarda musulmon jinlar aralashgan bo‘ladi. Bunday odamlar, e’tiqodini mustahkam qilib, ibodatda sobitqadam bo‘lishlari lozim.
3 May 2022, 01:26 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Bunday gap yo‘q. Siz aytib o‘tganga o‘xshash holatlarda musulmon jinlar aralashgan bo‘ladi. Bunday odamlar, e’tiqodini mustahkam qilib, ibodatda sobitqadam bo‘lishlari lozim.
3 May 2022, 01:26 | Savol-javoblar | 144 | Dolzarb savollar