Go‘sht do‘konidagi qarzlarni go‘shtga bog‘lashi

Assalomu alaykum! Meni tog‘amni go‘sht do‘koni bor. Yaqinda u kishi juda ham ko‘p odamlarning qarza go‘sht olib oylab va bazida yillab qarzlarini bermay yurganidan shikoyat qildilar. Odamlarga go‘shtni qarzga sotganimdan ham qimmatroq narxga o‘zim sotib olaman hozir dedilar. Islomda qarzni biror narsaga bog‘lab qo‘yish joizligini bilaman. Odatda bu tillo bo‘lgan. Ammo bu holatda tog‘am qarzni go‘shtga bog‘lasalar bo‘ladimi? Masalan bir kishiga 2 kilo go‘sht berganlar bir yil oldin. U odam 80 ming emas, 2 kilo go‘sht qarz bo‘lgan. Hozir go‘sht narxi 60 ming bo‘lganda tog‘am 120 ming so‘rashlari mumkinmi? Albatta qarzga sotayotganda buni aytsalar va hatto pul o‘rniga go‘sht bersang ham mayli desalarchi, unda mumkin bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarzga olayotganlarga narxini aytmay “ikki kilo go‘sht qarzsan” desin. Qaytib olayotgan paytida xohlasa ikki kilo go‘sht olsin, xohlasa o‘sha olayotgan kundagi ikki kilo go‘shtning pulini olsin. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:18 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar