Namozda aksa ursa
Namozda aksa ursa Alxamdulillax desa namoz buziladimi. Savolim takroriy bulsma uzr
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Namozni buzuvchi amallar
Bir nechta amallar borki, bular sodir bo‘lishi bilan namoz buziladi:
1. Namozning shartlaridan birini tark qilish. Misol uchun avratni berkitmasa yoki uch tasbeh aytish miqdoricha qibladan boshqa tomonga yuzlanib tursa;
2. Namozning ruknlaridan birini tark qilsa. Misol uchun ruku’ yoki sajda qilmasa;
3. Ketma-ket bir ruknda bir harakatni uch marotaba takrorlasa yoki namozga tegishli bo‘lmagan amalni ko‘paytirib yuborsa;
(Izoh: Namozda bir qo‘l bilan bajarib bo‘lmaydigan, ikki qo‘l muhtoj bo‘ladigan amallarga amalu kassir, ya’ni ko‘p amal, deyiladi. Misol uchun salla o‘rashlik, belbog‘ni bog‘lashlik, to‘nni kiyish yoki echish va hokazo. Mana shu kabi ko‘p amalni qilish bilan ham namoz buziladi. Ammo bir qo‘l bilan bajarsa bo‘ladigan amalni ikki qo‘lda qilsa ham, modomiki, o‘sha amalni bir ruknda uch bora qilmasa, ko‘p amal qilgan hisoblanmaydi. Aslida namozga tayyorgarlik qilinayotgan vaqtda unga xalaqit beradigan narsalarning oldini olib qo‘yish kerak. Insonchilik yuzasidan esdan chiqib qolgan bo‘lsa, boshqalarning namoziga xalaqit qilmaslik uchun bunaqa ishlarni bajarish bilan namoz buzilmaydi. Biror kishi namozda turganida ilon yoki chayonni o‘ldirishi hamda oldindagi bo‘sh joyni to‘ldirishi ham namozni buzmaydi).
4. To‘xtamasdan uch qadam yursa. Lekin oldi saf ochiq bo‘lsa, bir ruknda bir yoki ikki qadam bilan oldinni to‘ldirish joiz;
5. Namozga tegishli bo‘lmagan so‘zni xoh u tushunarli bo‘lsin, xoh tushunarsiz bo‘lsin, bir yoki ikki harf miqdorida talaffuz qilsa;
6. Ruku’ va sajdasi bor namozlarda qahqaha bilan kulsa. Qahqaha, deb yonidagi odam eshitadigan darajadagi kulgiga aytiladi. Namozdagi bu kulgi bilan namozga qo‘shilib, tahorat ham buziladi;
7. Uzrsiz yo‘talsa;
8. Qur’onni buzib o‘qisa;
Agar Qur’onning ma’nosi qo‘pol buzilsa, u namozni qaytarib o‘qish vojib bo‘ladi. Qo‘pol buzish, degani jannat o‘rniga do‘zaxni, mo‘’min o‘rniga mushrikni, hidoyat o‘rniga zalolatni va shu kabi akslarni qiroat qilib yuborishga aytiladi. Misol uchun Zumar surasining 73-oyatidagi «Parvardigorlaridan qo‘rqqan zotlar esa to‘p-to‘p holda jannatga haydaldilar» o‘rniga «jahannamga haydaldilar» jumlasini aytib qo‘yib, shu rakatda o‘sha xatosini to‘g‘rilamasdan namozni ado etsa, u namoz buzilgan bo‘ladi. Ammo o‘sha rakatning o‘zida xatosini to‘g‘rilasa, namozi durust bo‘ladi.
9. Namozda turib ozmi-ko‘pmi suv ichsa yoki ovqat esa;
10. Suv yo‘qligi uchun tayammum qilib namoz o‘qiyotgan kishi tahorat qilish uchun etarli suvga qodir bo‘lib qolsa;
11. Namoz o‘qiyotgan chog‘ida mahsiga tortgan mashning muddati o‘tib ketsa;
12. Bomdod namozini o‘qiyotganda quyosh chiqib ketsa;
13. Iyd namozini o‘qiyotganda quyosh zavolga og‘sa. Juma namozi o‘qilayotganda asr vaqti kirib qolsa ham, shu o‘qilayotgan namozlar buziladi.
(Izoh: Demak, shu holatlarda quyosh nayza bo‘yi ko‘tarilishini kutadi va qazo bo‘lgan bomdodni o‘qiydi, quyosh zavolga og‘gach esa, iyd namozini tark qilib, peshin namozini o‘qiydi. Asr vaqti kirib qolgan bo‘lsa, juma namozini buzib, o‘rniga qazo bo‘lgan peshinni o‘qiydi).
14. Namoz asnosida o‘zini bilmay qoladigan darajada hushidan ketsa;
Bu holatda namoz buzilishi bilan birga tahorat ham sinadi. Ushbu masala yuqorida o‘tgan edi.
15. Bitta namozda erkak kishi bilan ayol kishi safda barobar turib qolsa, ayolning namozi buziladi;
Agar imom shu ayolga o‘zining imomligini niyat qilsa, o‘sha ayol o‘zining mahrami bo‘lsa ham yoki mahrami bo‘lmasa ham ushbu imomning namozi buziladi.
16. Namozga tegishli bo‘lmagan so‘z gapirsa;
Qasddan bir kishiga salom bersa yoki salomga alik olsa, beuzr ingrab, kamida ikki harfli ovoz chiqarsa, tovush chiqarib yig‘lasa ham, namoz buziladi. Lekin yig‘lashi oxirat tashvishi bilan bo‘lsa, zarari yo‘q. Aksa urib alhamdulillah, degan kishiga javob qaytarsa, imomdan boshqaning qiroatini to‘g‘rilasa, namozdan tashqaridagi kishining qiroatini to‘g‘rilash uchun aytgan kalomini qabul qilib, unga ergashsa ham namozi buziladi. Yana gapga garchi zikr bilan bo‘lsa ham, javob qaytarsa namoz botil bo‘ladi. Misol uchun bir kishi mag‘lub bo‘ldi, desa-yu, namozda turgan kishi unga javoban alhamdulillah, desa yoki «Bir musulmon olamdan o‘tibdi», desa, unga javoban «Inna lillahi va inna ilayhi roji’un», desa ham namoz buziladi.
17. Mushafga qarab turib namozda qiroat qilsa, najosat ustiga sajda qilsa, insonlardan so‘raladigan narsani namoz ichida duo qilib so‘rasa ham namoz buziladi. https://fiqh. uz/fiqh-ilmi/719-dars. html
30 Aprel 2022, 07:19 | Savol-javoblar | 165 | Ibodatlar