Men dindan chiqdimmi

Assalomu alaykum! Men namoz o‘qishni kitoblar orqali o‘rganganman. Ammo doim ham besh vaqt o‘qimayman. Bazan faqat bomdodni bazan bomdod va xuftonni ayrim kunlarda judayam sanoqli 3-4 kun davomida 5 vaqt o‘qiymanda keyin yana oddiy sabablar bilan tashlab qo‘yaman. Hali arabchani bilmasligim, yosh bolali ekanligimni bahona qilaveraman xayolimda. Keyin avratlarimni yopib yurmayapman namoz o‘qiganlarim kor qilmasmikin deb o‘ylab qolaman. Men ko‘pchilik kabinetimizni namozda avratlarimni topsam ham namozdan tashqarida ochiq sochiq bo‘lmasada oddiy dunyoviy kiyinib yuraman. Savollarim: 1) meni shu vaqtgacha o‘qigan namozlarimning hukmi qanday? 2) shu ishim o‘xshasa yoki falon narsa sodir bo‘lsa albatta o‘ranaman albatta 5 vaqt namoz o‘qiyman deganlarim shu ishlar sodir bo‘lgach bo‘ynimda farz bo‘lib qoladimi? Iltimos menga yordam beringlar men haqiqiy musulmon bo‘lishni istayman ammo juratim etmayapti shu uchun qaysi duoni yoki oyatni o‘qib yuray?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo besh vaqt namoz o‘qish va avratingizni yopib yurishni Alloh taolo farz qilgan. Bu farz amallarni qilmaslikka hech narsa uzr bo‘lmaydi. Xususan namozni o‘qimay tark qilishga hech qanday uzr yo‘q. Namoz o‘qimasangiz, avratingizni to‘smasangiz oxiratda azobga duchor bo‘lasiz.
1). O‘qigan namozlaringiz zimmangizdan ado bo‘ladi. O‘qimaganlaringizning qazosini o‘qishingiz kerak bo‘ladi. Tavba qilib, darhol besh vaqt namozni va oldin qoldirgan namozlaringizni qazosini boshlashingiz kerak. Shuningdek avratingizni ham to‘sishingiz kerak. Oxiratning bir kuni bu dunyoning ming yiliga teng bo‘lishi haqida ham. Alloh taolo “Haj” surasida marhamat qiladi:وَيَسْتَعْجِلُونَكَ بِالْعَذَابِ وَلَن يُخْلِفَ اللَّهُ وَعْدَهُ وَإِنَّ يَوْمًا عِندَ رَبِّكَ كَأَلْفِ سَنَةٍ مِّمَّا تَعُدُّونَ۝47. Sendan azobning tezroq kelishini so‘rarlar. Holbuki, Alloh va’dasiga zinhor xilof qilmas. Darhaqiqat, Robbing huzuridagi bir kun siz sanaydigan ming yildekdir.2). Siz aygan ishlar sodir bo‘lsa-bo‘lmasa besh vaqt namoz o‘qishingiz va avratingizni to‘sishingiz shunday ham farz.
3) Ushbu hadisda kelgan duoni ko‘p o‘qing:عَنْ مُعَاذِ بْنِ جَبَلٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ أَنَّ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ أَخَذَ بِيَدِهِ وَقَالَ: يَا مُعَاذُ إِنِّي وَاللهِ لأُحِبُّكَ أُوصِيكَ يَا مُعَاذُ لاَ تَدَعَنَّ فِي دُبُرِ كُلِّ صَلاَةٍ تَقُولُ اللَّهُمَّ أَعِنِّي عَلَى ذِكْرِكَ وَشُكْرِكَ وَحُسْنِ عِبَادَتِكَ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَالنَّسَائِيُّ Muoz ibn Jabal roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: 
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam u kishining qo‘llaridan ushlab: 
«Ey Muoz, Allohga qasamki, albatta, men seni yaxshi ko‘rurman. Ey Muoz, men senga har bir namozdan keyin «Allohumma a’inni ala zikrika va shukrika va husni ibadatika» - («Ey bor Xudoyo, menga zikringni, shukringni va husni ibodatingni qilishga O‘zing yordam bergin») demoqligingni tark qilmaslikni tavsiya qilaman», dedilar».
Abu Dovud va Nasaiy rivoyat qilgan.  Vallohu a’lam!

12 May 2022, 15:29 | Savol-javoblar | 158 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar