Kommunal to‘lovlar

Assalomu alaykum! Qishda uyimizda gazga ishlovchi isitgich yoqamiz, gazdan qarz ko‘payib ketganda uydagilar kelgan xodimlar bilan gaplashib bir "yo‘lini" qilib, pul berib xodimlardan iltimos qilishadiki ularni o‘zi hisoblagichni ortga qaytarib, 0 qilib berishadi. Bu ishni noto‘g‘ri ekanligini uydagilarga aytdim, tushunib pulini to‘g‘ri beramiz deyishdi ammo hisobini, qarz qancha ekanini bilib bo‘lmaydi. Shuning uchun manga tavsiya beringlar ustozlar nima qilay ishlamayman yoshim esa 17da, o‘zim foydalanadigan xizmat haqqini tahminan hisoblab pulini ehson, sadaqa qilib yursam bo‘ladimi? 
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Haq egasining roziligini oling. Qanday qilib amalga oshirishingiz bizga noma’lum. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:13 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar