Doim ro‘za tutib yurish

Assalomu alaykum! Do‘stim nomidan savol beryapman xurmatli ustozlar meni do‘stim viloyatdan u hozir toshkentda tahsil oladi hamma talabalar kabi u ham puldan biroz qiynaladi u shunday savol berishimni iltimos qildi ozroq puldan muommosi borligi tufayli doim ro‘za tutib yursam bo‘ladimi pulim ham tejaladi ham savobga erisham deb aytdi ustozlar do‘stim doim ro‘zador bo‘lib yursa bo‘ladimi? U pulni tejash orqali ajrga ham ega bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har bir amal Alloh uchun va rasulining sunnatiga muvofiq bo‘lsa u ibodat bo‘lib savob berladi. Siz ham pulni tejash uchun emas Allohning roziligi uchun, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashgan holda dushanba va payshanba kunlari ro‘za tuting. Savob ham olasiz, o‘sha pulni ham tejaysiz. Yoki Dovud alayhissalom ro‘zalarini tuting (Bir kun ro‘za tutib bir kun tutmaysiz), doim ro‘za tutishni ulamolar makruh deganlar. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 16:45 | Savol-javoblar | 144 | Ro‘za
|
Boshqa savol-javoblar