Men munofiqman
Assalomu alaykum! Men munofiqman shaxfatimni tiya olmayapman Zino qilaman(buni og‘ir gunoxligi xam bilaman) va namozni xam kanda qilmayman. Qazo qilmaslikka xarakat qilaman. Men jaxannam axli qatorida bo‘lsam keraga? O‘kigan namozlarim xoli qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz zino va boshqa gunohlarga olib boradigan barcha omillarni va tanishlarni tark qiling. Alloh taolo “Shams” surasida marhamat qiladi: فَأَلْهَمَهَا فُجُورَهَا وَتَقْوَاهَا 8. Unga fujurini va taqvosini ilhom qildi.
Ushbu oyatda Alloh taolo bandalarining ichiga gunohga boshlovchi unsurni ham taqvoga boshlovchi unsurni ham qo‘yganini bayon qilgan. Inson gunoh ishlarga yaqinlashganda, buzuq narsalarni ko‘rganda, buzuq odamlarga yaqinlashganda fujurga boshlovchi unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Taqvoga sabab bo‘ladigan ishlar, kishilar va nasihatlarga yaqinlashganda taqvo unsur ishqalanib harakatga keladi va insonni ham o‘sha tomonga harakatga keltiradi. Gohida inson avvaldan o‘sha ishlarga bulg‘anib keyin tavba qilgan bo‘lsa har esiga tushganda o‘sha fujurga boshlovchi unsur harakatga kelib qoladi. Bu harakatga kelish ayb emas, bu narsa hammada sodir bo‘ladi. Shunday vaqtda taqvoni harakatga keltiruvchi omillarga yaqinlashish kerak bo‘ladi.
Insonda ikki unsur bor. Biri fisqi-fujur qiladigan unsur, ikkinchisi taqvoga boshlaydigan unsur. Inson fisqi-fujurga yaqinlashsa yoki u haqida o‘ylasa fisqi-fujurga olib boradigan o‘sha unsur ishqalanadi, harakatga keladi va ma’siyat sodir bo‘lishigacha olib boradi. Taqvoli insonlarga, pandu-nasihatlarga yaqinlashsa taqvo unsuri ishqalanadi, harakatga keladi va sohibini ham o‘sha ishlarni qilishga undaydi. Shuning uchun Alloh taolo Qur’oni karimda “Sodiqlar bilan birga bo‘linglar, ularni safida bo‘linglar” deb buyurgan.
Shuningdek ro‘za tutib yuring. Shunda shahvatingiz pasayib, zinodan saqlanasiz:عَنْ عَبْدِ اللهِ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: سَمِعْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ يَقُولُ: يَا مَعْشَرَ الشَّبَابِ مَنِ اسْتَطَاعَ مِنْكُمُ الْبَاءَةَ فَلْيَتَزَوَّجْ فَإِنَّهُ أَغَضُّ لِلْبَصَرِ وَأَحْصَنُ لِلْفَرْجِ وَمَنْ لَمْ يَسْتَطِعْ فَعَلَيْهِ بِالصَّوْمِ فَإِنَّهُ لَهُ وِجَاءٌ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ Abdulloh roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning:
«Ey yoshlar jamoasi, sizdan kim nikohga qodir bo‘lsa, uylansin. Albatta, u ko‘zni to‘suvchi va farjni saqlovchidir. Kim qodir bo‘lmasa, ro‘zani lozim tutsin, bu uning uchun bichilishdir», deganlarini eshitdim».
Beshovlari rivoyat qilishgan.
Sharh: Ushbu hadisdagi «nikohga qodir bo‘lsa», deb tarjima qilingan ibora arabchada «bo’a» deyilib, moddiy, ma’naviy va jismoniy jihatdan nikohga qodirlik ma’nosini anglatadi.
Demak, shu ma’nodagi qudratga ega bo‘lgan har bir musulmon uyli-joyli, oilali bo‘lishga harakat qilmog‘i lozim. Agar nikohga moddiy yoki ma’naviy jihatidan qudrati etmagan, sarf-xarajatni ko‘tara olmaydigan yoki uylansa, umr yo‘ldoshiga zulm qilishdan o‘zini to‘xtata olmaydigan yoshlar bo‘lsa, ro‘za tutmoqlari kerak.
Shu yo‘l bilan ular shahvatini bosadilar. Chunki ro‘za tufayli kishining shahvati pasayib, boshqa jinsdagilarga shahvat bilan qaramaydigan, farjini zinoga ishlatmaydigan holga keladi.
Oddiy holatlarda esa, bu ikki xavfning oldini nikoh oladi. Nikohdagi kishi o‘z shahvatini halol yo‘l bilan qondirgani uchun ko‘zi nomahramlarga qarashdan tiyilgan, farji haromga yurishdan saqlangan bo‘ladi.
Bu hadisi sharif mo‘min-musulmonlarni yoshlik chog‘laridan nikohga qodir bo‘lishlari bilanoq oila qurishga chorlamoqda. Hayotimizda bu hadisga nechog‘li amal qilishga harakat etayotganimizni unutmasligimiz kerak. (“Hadis va hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!
9 May 2022, 07:45 | Savol-javoblar | 170 | Ibodatlar