Zakot borasida

Assalomu alaykum! "Turkiya va Suriyadagi bo‘lgan zilziladan zarar ko‘rgan insonlarga yordam uchun zakotimdan" deb niyat qilib Xayriya jamg‘armasi hisobiga o‘tkazilgan pulni zakot nisobiga qo‘shamanmi, yoki bir insonning qo‘liga mulk qilib bermaganim uchun zakot hisobiga o‘tmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Zakot durust bo‘lishi uchun u zakot olishga haqli insonga mulk qilib berilishi kerak. Buning eng afzal yo‘li o‘z qo‘lingiz bilan topshirishingiz edi. Turli xayriya jamg‘armalariga zakotni topshirishga kelsak, ular sizning nomingizdan vakil sifatidan zakotni qabul qilib olib, so‘ngra faqirlarga topshirmagunlaricha zakot ado bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

26 Avgust 2023, 06:23 | Savol-javoblar | 0 | Zakot
|
Boshqa savol-javoblar