G‘usl yoki tayammum

Assalomu alaykum! Men hozir ozgina shamollaganman. Bugun ertalab menga g‘usl vojib bo‘libdi. Agar g‘usl qilsam shamollashim kuchayib ketish ehtimoli bor. Shunga tayammum qilib namozlarimni davom ettirsam bo‘ladimi? Jum’a namozigachi chiqsam bo‘ladimi? Yoki u erdagilarga yuqtirmaslik maqsadida uyda peshin namozini o‘qiymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahvolingiz agar g‘usl qilsangiz katta zarar qiladigan bo‘lsa, tayammum joiz. Izlash xizmatimizdan tayammumga oid hukmlarni o‘qib oling. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:27 | Savol-javoblar | 139 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar