Halol- hotirjamlik

Assalomu alaykum! Bir holat meni ancha o‘ylantirib vaqtimni olib qo‘yyapti. Imtihonda shpargalka, do‘stlardan yordam olish joiz emas buni bilaman. Olgan stipendiyasi halol bo‘lmaydi. Qishki online test imtihonda Alloh taoloning yordami so‘ng harakat, bilim, taxmin va tafakkur bilan testlarimni ishladim. Imtihon paytida shpargalka va do‘stlardan yordam olganim yo‘q. Bizga imkoniyatlar beriladi va shulardan chiqqan baholarning o‘rtacha qiymati olinadi. Imtihonlarda Men 1-imkoniyatda bahoyim past bo‘lsa 2-imkoniyatdan foydalanishdan oldin biroz yana mavzularni takrorlab xatolarimni bilib olib keyin ishladim. Ba’zi fanlarni to‘liq o‘qib chiqmagandim. O‘qigan joyimdan ko‘proq tushdi va men stipendiya ola boshladim. Shu pulga telefon sotib oldim va yozgi sessiyada shu telefon orqali bilim olib online imtihon topshirdim. Bu sessiyada ham avvalgi imtihonga o‘xshash holat bo‘ldi. Bahosi past talabalarga(menga ham) qayta imkoniyatlar berildi. Ta’til paytida Ba’zi to‘liq o‘qimagan fanlarimni shubha bo‘lib qolmasin deya telefonimdan 2ta sessiya mavzularini qayta o‘qib chiqmoqdaman. Oldin bunday narsalarga e’tibor bermasdim ekan. Alhamdulillah Alloh taolo o‘zi menga to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatib qo‘ydi. Endi bu yildan yaxshi talaba bo‘lishga astoydil harakat qilaman InshaAlloh, niyyat qilib qo‘ydim. Mening haqimga ham duo qilib qo‘ysangizlar g‘oyat mamnun bo‘lar edim. Ustozlar bu pullarni endi bemalol ishlataveraymi?. Sizning fatvoyingiz men uchun juda muhim. Miyamdagi aylanayotgan fikrlar ham to‘xtar edi. Iltimos yordam beringlar.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘qib turgan bilim yurtingizni imtihon talablarini buzmagan bo‘lsangiz, berilgan imkoniyatdan foydalanib yaxshi baho olgan bo‘lsangiz, stipendiyani ham ishlatishingiz mumkin. Alloh O‘zi sizga manfaatli ilm bersin! Vallohu a’lam!

12 May 2022, 23:39 | Savol-javoblar | 139 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar