Internetdan berilgan bonus halolmi?

Assalom alaykum! Sizlardan bir masalada yordam so‘ramoqchi edim. 2019-yilda LOBSTR degan kashelok ochgandim. Ochganimda keyin uni 1 yoki 2 kun ishlatib o‘chirib tashladim. Ro‘yxatdan o‘tishda elektron pochta manzilimni kiritgandim. O‘tgan haftada pochtamga xat keldi 2019-yilda ochilgan kashelogimga 2021-yil 17-avgust kuni menga bonus berilibdi kripto valyutada 50$ dan oshiqroq ekan. Kripto valyuta ko‘rinishida berilgan bonus halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kriptovalutani ko‘pchilik ulamolar ishlatishni joiz emas deyishgan. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 163 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar