Tahorat paytida chiqqan qon hukmi?

Assalomu alaykum! 1. Burundan qon oqish to‘xtaganidan so‘ng tahoratni tugatib sochiqqa artinayotganimda qonaganidan qolgan qon sochiqqa chiqsa qayta tahorat kerak bo‘lmaydimi? 2. Qattiqroq aksa urgan paytda burundan qotgan qon bo‘laklari chiqsa tahorat shart bo‘lmaydimi? 3. Bazida burnim qonashidan oldin issiqlikni his qilaman shunday paytda boshimni tepaga qaratib biroz yotsam qon ichimga o‘tib ketganday bo‘ladi(aniqro‘gi yutub yuboraman). Agar o‘sha payt ro‘za bo‘lsam ro‘zam buziladimi. Tahoratchi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1-2). Oldin chiqib burunda qotgan qon tahoratni ketkazmaydi. Suyuq qon tahoratni ketkazadi.3. Qonni yutishingiz joiz emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 17:18 | Savol-javoblar | 183 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar