Iso payg‘ambar

Assalomu alaykum! Qur’onda eng oxirgi payg‘ambar Nabiy sollolohu alayhi vassallam bo‘ladi deyilgan. Lekin qiyomatga yaqin Iso payg‘ambar erga tushadilar degan xabar ham bor. Iso alayhisalom er yuziga tushkanda payg‘ambar bo‘lib tushadilarmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Iysa alayhissalom bu dunyoga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ummat bo‘lib tushadilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga mavofiq imom Mahdiyning orqasida turib namoz o‘qiydilar. Yuzga yuz Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning shariatlariga amal qiladilar. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 12:57 | Savol-javoblar | 194 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar