Ishni boshi poradan bo‘lsa
Assalomu alaykum! Men kasb hunar maktabiga o‘qishga topshirgan edim ammo topshirgan mutahasisligimga kira olmadim keyin boshqa yo‘nalishiga topshirmoqchi bo‘ldim. Ammo menga u erning direktori joy yo‘q dedi ammo direktor o‘rinbosari bor deddi shunda bilddikki u erga pul berib kirish kerakligini va men uchun pul tolashti va ko‘pchilikka joy yo‘q deyishti, ammo men pul bilan kirdim oldiniga yoqmadi pul bilan kirganim ammo sekin ko‘nika boshladim va shu hunarim bo‘yicha kelajakka reja tuza boshladim shunda hayolimga shu narsa keldi. Agar men harom yo‘l pora bilan kirgan bo‘lsam ishni boshi harom bo‘lsayu keginchalik bu hunar bilan topgan pulim menga halol bo‘ladimi degan va hali kechemas haliham u maktabdan ketishim mumkin. Shunga maslahat so‘ramohchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Endi tavba qiling va qattiq istig‘for ayting. Sohani etuk mutaxassisi bo‘lib, musulmonlarga foyda keltiradigan kadr bo‘ling. Shariatimizda poraning hukmi quyidagicha: عَنْ أَبِي هُرَيْرَةَ رضي الله عنه ، قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صلي الله عليه وسلم الرَّاشِيَ وَالْمُرْتَشِيَ فِي الْحُكْمِ. رَوَاهُ التِّرْمِذِيُّ وَأَحْمَدُ Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam hukmda pora beruvchini va pora oluvchini la’natladilar».
Termiziy va Ahmad rivoyat qilishgan.
Allohdan O‘zi xush ko‘radigan va rozi bo‘ladigan narsaga muvaffaq qilishini so‘raymiz. Allohu a’lam. Pora arab tilida «rishva» deb atalib, shar’iy istilohda adolatni yo‘qqa chiqarish va botilni yuzaga chiqarish uchun beriladigan narsaga ishlatiladi. Shuning uchun ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam pora beruvchini ham, pora oluvchini ham la’natlamoqdalar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning la’natlari juda og‘ir jazodir, chunki la’nat birovning Allohning rahmatidan uzoq bo‘lishini so‘rashdir. Allohning mahbub Rasuli Alloh taolodan so‘ragan narsa bo‘lmay qolmasligi hammaga ma’lum. (“Kifoya” kitobidan). Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:29 | Savol-javoblar | 142 | Halol va harom