Majburiy Nikox
Assalomu alaykum! Oilamiz o‘ziga to‘q, obro‘li, xavasni keltiradigan oila. 18 yoshimda mani majburlab, urib, keremas matodek erga berishgan. Bir martayammas ikki marta. Yig‘lashim, yalinishim yordam bermagan. Ikkalasidayam ajrashdim, umrim xazon bo‘lgan. Ikkinchi oilamdan farzandim bor. Yaqinda bir nechta mavizada eshittim, majburiy nikox xarom ekan. Savolim shuki, 1. Nikoxi xarom bo‘lsa, tug‘ilgan bola valadizino emasmi? Uni ustiga erim printsipialno taloq bermagan. 2. Ota onam manga nisbatan adolatsizlik qildilar deb dilim og‘riydi, aslida taqdirim shu ekanini bilaman va roziman. Bunday xolatda ota onadan xafa bo‘lishga farzandning xaqqi bormi? Balki savolim noto‘g‘ridir, no yaqinda 40ga kiraman. Xaligacha dilim yonadi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Birinchi eringiz sizning talog‘ingizni bergan bo‘lsa, iddangiz chiqqach ikkinchi eringizga shar’iy nikohlangan bo‘lsangiz farzand valadi zino emas.2). Haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:40 | Savol-javoblar | 151 | Oila va turmush