Savdoda o‘ylagan puldan ko‘pini olish

Assalomu alaykum! Bir davra suhbatida, "bir odam molini haridor 100 so‘mga olsa kerak deb borsayu, lekin sotib oluvchiga mol yoqib 1000 so‘mga olaman desa sotuvchiga 900 so‘mni olish xarom bo‘ladi" degan gap bo‘lda. Lekin ikkala taraf ham rozilik bilan kelishishyapti.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu joiz. Hech qanday mone’ yo‘q. Biroq, sotuvchi haridorni aldab, “hamma buni 1000 so‘mdan sotayapti” desa, halol emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 03:40 | Savol-javoblar | 154 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar