Va’dasida turmaslik
Assalomu alaykum! Oldingi savolimga javob oldim lekin xo‘jaynim Qur’oni karim kitob ushlab qaytib ichmaslikni va’da bergan edi. Xozirda ozgina ichdim deb oz ichib kelmoqda. Bazi kunlari ichgan kuni farzandlarim birma bir istimalab og‘rib qolishmoqda. Bu xolat yangi farzandlarimni og‘rib qolishi kitob ushlab vada berganli uchunmikin deb o‘ylab qolmoqdaman. Vada berib yana ichsa bo‘ladimi yoki biron farzandimga urib qoladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mast qiluvchi ichimliklarni ichish shariatimizda harom qilingan, kabira – katta gunohlardan hisoblanadi. Musulmon kishi bu ishdan tiyilishi kerak. Buni qasam ichgani yoki bolasiga urishidan ko‘rqib emas, balki Alloh harom qilgani uchun ichmasligi kerak. Oxiratdagi azobi qattiq bo‘lgani uchun buni qilmasligi kerak. Bugun farzandlaringiz istimalamasa ichaverishi kerak emas. Chunki buning azobi qattiqligidan banda ertaga o‘sha xavotir qilgan farzandlaridan ham oxiratda kechib yuboradi. “Haj” surasining 2-oyatida shunday deyiladi:يَوْمَ تَرَوْنَهَا تَذْهَلُ كُلُّ مُرْضِعَةٍ عَمَّا أَرْضَعَتْ وَتَضَعُ كُلُّ ذَاتِ حَمْلٍ حَمْلَهَا وَتَرَى النَّاسَ سُكَارَى وَمَا هُم بِسُكَارَى وَلَكِنَّ عَذَابَ اللَّهِ شَدِيدٌ «Uni ko‘radigan kuningizda, har bir emizuvchi emizayotgan narsasini unutar. Har bir homilador homilasini tashlar. Odamlarni mast holda ko‘rarsan. Holbuki, ular mast emas. Lekin Allohning azobi shiddatlidir».
Ya’ni Qiyomat zilzilasi ro‘y bergan kunda:
«Har bir emizuvchi emizayotgan narsasini unutar».
Ma’lumki, ona o‘zi emizayotgan bolasiga juda bog‘liq bo‘ladi. Uxlab qolgan onani momaqaldiroq uyg‘ota olmasligi mumkin, lekin bolasining ingrashi darhol uyg‘otadi. Emizuvchi ona hamma narsani unutsa unutadi, ammo bolasini unutmaydi. Lekin qiyomat zilzilasi shu qadar dahshatliki, hatto emizuvchi ayol ham bolasini unutadi. Bitta-ikkitasi emas, hammasi, har bir emizikli ayol emizadigan bolasini unutib qo‘yadi.
«Har bir homilador homilasini tashlar».
Bu ham o‘sha zilzilaning dahshatidan ro‘y beradi. Homilador homilasini tashlab qo‘yishi uchun nihoyatda qattiq qo‘rqishi kerak. O‘shandoq qo‘rquv qiyomat zilzilasidan bo‘ladi. O‘sha vaqtda:
«Odamlarni mast holda ko‘rarsan. Holbuki, ular mast emas».
Bu holat ham o‘sha zilzilaning g‘oyatda dahshatli ekaniga dalolat qiladi. Qattiq qo‘rqqan odamlar hech narsa ichmasdan turib ham es-hushlarini yo‘qotib, xuddi mast odamlarga o‘xshab qolishadi. Chunki:
«Allohning azobi shiddatlidir». («Tafsiri Hilol» kitobidan)
Eringiz tez tavba qilib, ichishni tashlamasa bu dunyoda ham baloga uchrab ketishi mumkin. Oxiratdagi jazo esa muqarrar unda qochib bo‘lmaydi. Ichkilikka mukkasidan ketganlarni davolaydigan mutaxassis va tajribali shifokorlar bilan maslahat qilinglar. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 17:51 | Savol-javoblar | 163 | Oila va turmush