Ofitsant ish haqi foizda
Assalomu alaykum! Choyxonada ofitsant bolib ishlayman hizmat haqimiz mijozni olgan eguligi narxiga 10 % qoshib olinadi shundan 7% ofitsantlarga beriladi. Ish boshqaruvchi zakaz oladi ofitsant bollar ustidan nazorat qiladi uning ish haqi ofitsant bollarning 7% hizmat haqidan 2 hissa olinadi yani 8 ta ofitsant ishlagan 7% hizmat haqi 10 taga bo‘linadi. Bu erda ish boshqaruvchi 2 kishini pulini oladi ish haqi sifatida. Shu ish to‘g‘rimi, ya’ni ofitsant ish haqqidan olishi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hozirgi kungacha fuqaholarimiz “ijaraga yollangan kishining xizmat haqqi muayyan bo‘lishi kerak” degan qoidani “muayyan narsa va miqdor bilan” deb tafsir qilar edilar. Ya’ni “xizmat haqini foizda belgilash joiz emas” der edilar. Shu kunlarda dunyo miqyosida keng tarqalgan pul o‘tkazmalari haqida esa “joiz” degan fatvoni bermoqdalar. Bu esa o‘z-o‘zidan xizmat haqini foizda belgilash joizligini taqozo qiladi. Chunki pul o‘tkazma ishlari ijara hisoblanadi va undagi xizmatlar haqi foizda belgilangan. O‘tkazilayotgan pulning miqdoriga qarab xizmat haqlari o‘zgaradi. Shu fatvodan kelib chiqib, ofitsiantlarning xizmat haqlarini foizda belgilash ham joiz bo‘ladi. Kelishuv asosida shunday taqsim qilinsa, zarari yo‘q. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:02 | Savol-javoblar | 146 | Turli savollar