Marhumning qarzini zimmasiga olish
Assalomu alaykum! Bizning diyorda musulmon insonni janoza namozi o‘qilayotkanda uning oila a’zolaridan kimdir marhumni qarzlarini bo‘yniga oladi. Shunda imom odamlardan xaqqi ado bo‘ldi faqat Allohning xaqqi qoldi deyishadi. Savol: marhumning insonlardan qarzini bo‘yniga olgan odamni zimasiga vojib bo‘ladimi? Agar o‘sha inson to‘lamasa qiyomatda o‘zi javob beradimi yoki marhummi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Bo‘yniga oluvchi inson ikki xil yo‘l bilan bo‘yniga oladi. Biri o‘z molimdan to‘layman deb bo‘yniga oladi. Bu haqdorlarga qilingan va’da hisoblanib, va’dasini ustidan chiqmasa amaliy munofiq bo‘ladi. Ikkinchisi men haqdorlarning haqqini merosidan olib beraman deydi. Bunda imkoni bo‘lsa olib berishi kerak. Har qanday holatda ham to‘liq qarzlari ado qilinmaguncha mayyit zimmasidagi qarzdan qutilib qololmaydi. Bunaqa rasm rusmni yig‘ishtirish kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 02:39 | Savol-javoblar | 155 | Turli savollar