O‘zgalarning haqqi
Assalomu alaykum! Bundan 4 yil oldin kursdosh o‘g‘il bolalar bilan pul yig‘ib, qizlarni bayramiga pul yig‘dik. 3 nafar yigit(men ham) sovg‘aga boradigan bo‘ldik. Ishlar bitib, pul ortib qoldi. Nafsimizga engilib, uchalamiz 25.000 so‘mdan bo‘lishib oldik. Vaholangki, ularga aytmadik, ish bosilib ketdi. Ammo mana bugungi kunda shu haqida eslasam, yuragim ezilib ketadi. Qolgan ikkita kursdoshimning ahvolini bilmayman, ammo men bu xatoimni to‘g‘irlashni istayman. Menga to‘g‘ri yo‘lni ayting, zero, qiyomatda yuzim shuvut bo‘lib qolmasin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘sha qolgan 25.000 so‘mni egalariga ulushiga qarab qaytarib berishlaringiz kerak. Aks holda qiyomatda javobini berasiz. Agar topa olmasangiz ularning nomidan sadaqa qilib yuborasiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 18:34 | Savol-javoblar | 145 | Halol va harom