Agar onam boshqasi bilan
Assalomu alaykum! Agar otam vafot etgan bo‘lsa onam esa boshqasi bilan telefondan yozishib aloqa qilayotgan bo‘lsa, men bu holatni bilsam nima qilishim kerak?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Nikohlab qo‘yishga harakat qiling. Alloh taolo "Nur" surasida marhamat qiladi: وَأَنكِحُوا الْأَيَامَى مِنكُمْ وَالصَّالِحِينَ مِنْ عِبَادِكُمْ وَإِمَائِكُمْ إِن يَكُونُوا فُقَرَاء يُغْنِهِمُ اللَّهُ مِن فَضْلِهِ وَاللَّهُ وَاسِعٌ عَلِيمٌ 32. Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying. Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur. Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir.
Ushbu oyatda biz «nikohsiz bo‘lgan» deb tarjima qilgan ibora arab tilida «ayyim» deyiladi. Ko‘pchilik bu so‘zdan tul erkak va beva xotinni tushunadi. Aslida esa bu noto‘g‘ri tushunchadir. «Ayyim» xotini yo‘q erkak va eri yo‘q ayolni bildiradi. Avval oila qurganmi, qurmaganmi, farqi yo‘q.
Ushbu oyatda Alloh taolo musulmonlar jamoasiga xitob qilib:
«Oralaringizdagi nikohsizlarni va qulu cho‘rilaringizdan solihlarini nikohlab qo‘ying», – deb buyurmoqda. Binobarin, musulmon jamiyati a’zolari o‘z oralarida nikohsiz kishilarni qoldirmaslikka harakat qilishlari lozim bo‘ladi. Hattoki qul va cho‘rilarning, agar xojalari ularda ahli solihlik sifatini topsa, uyli-joyli bo‘lishlariga yordam bermoqlari lozim. Shuning uchun ham hozirgacha musulmonlar orasida balog‘atga etgan yoshlarni tezroq uylash, biror sabab bilan oilasiz qolgan eru xotinlarni nikohli bo‘lishga undash juda kuchli. Mazkur ishlar ushbu oyati karimaga hamda Nabiy sollallohu alayhi vasallamning «Nikoh mening sunnatimdir, kim mening sunnatimga rag‘bat qilmasa, mendan emas» degan va boshqa ko‘pgina shunga o‘xshash hadislariga amal qilganimiz tufayli bajariladi. Nikoh orqali eru xotinning bog‘lanishi jinsiy maylni qondirishning eng tabiiy va halol yo‘lidir. Shuning uchun Islomda halol nikoh orqali oila qurib yashashga qattiq targ‘ib qilinadi. Oila qurish yo‘lidagi to‘siqlar olinadi va barcha kerakli omillar yuzaga keltiriladi.
Ba’zi odamlar turli bahonalar qilib, uylanish, oilali bo‘lishni orqaga suradilar. Ushbu bahonalarning eng kattasi kambag‘allik bo‘ladi. Shuning uchun ham oyatning davomida bunga o‘xshash bahonalar bilan nikohni orqaga surish yaxshi emasligi ta’kidlanmoqda:
«Agar faqir bo‘lsalar, Alloh ularni O‘z fazlidan boy qilur».
Ya’ni faqirlikni bahona qilib, nikohdan qochmasinlar. Balki nikohga rag‘bat qilsinlar. Alloh O‘zi bilib, kerak bo‘lsa, boy qilib qo‘yadi. Darhaqiqat, ko‘pchilik odamlarning oila qurganidan keyin jiddiylashib, ro‘zg‘or uchun astoydil harakat qilib, iqtisodiy holati yaxshilanib ketgani kuzatilgan.
«Alloh qamrovi kengdir, o‘ta biluvchidir».
Alloh fazli keng, o‘ta biluvchi Zotdir.
Xohlagan bandasini O‘z fazlidan boy qilib qo‘yadi. Ammo O‘zi bilib qiladi. Nima qilishini esa o‘ta biluvchilik sifati ila O‘zi yaxshi biladi.
Hamma imkonini topib, nikohlanib, halol-pok holda oilaviy hayot kechirsa, ayni murod. Ammo ba’zi kishilar o‘zlarida qanchalik rag‘bat bo‘lsa ham, turli sabablarga ko‘ra nikohlanish uchun imkon topa olmay qolishlari mumkin. Ular nima qiladilar? Mana shu savolga kelgusi oyati karima javob beradi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
25 May 2022, 22:40 | Savol-javoblar | 153 | Oila va turmush