Taloq deyilgan sms

Assalomu alaykum! Men Ozarbayjonda ishlardim. Uzbekistonga yani oilamga telefon kqildim ayolimni so‘rasam mendan so‘ramasdan ota uyiga 1 xafta oldin ketib qolgani xaqida aytishdi. So‘ngra qaynotamga tel qildim qaynotam qizim ammasinikiga ketdi uyda emas dedi xullas 3 kun xotinimni topa olmadim oxiri o‘zi singlisini nomeridan tel qildi. Gaplashdik so‘kdim urushdik xar gapimga telni qo‘yib qo‘yaverdi achchig‘im chiqib yarim soatlardan keyin telegramdan “Taloqsan Taloqsan Taloqsan” deb 3 marta yozib yubordim. Keyin yarim soatdan keyin 2ta taloqsan so‘zini uchirib yubordim. Buni singlisi o‘qibdi, lekin xotinim o‘qimabdi va opasiga seni qo‘yvoribdi telegramdan sms keldi deb aytibdi. O‘rtamizga uch taloq tushganmi tushmaganmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holat xuddi aytganingizdek bo‘lgan bo‘lsa sizlarni birga yashashlaringizga yo‘l yo‘q. Sizni uch taloq qo‘yganingizni ayolingiz o‘qishi yoki eshitishi shart emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 19:39 | Savol-javoblar | 135 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar