Payg‘ambarimizga farz qolganlarga sunnat namozi
Assalomu alaykum! Bir kishi menga savol berdi. To‘g‘risi oldin eshitmagan edim. Shuning uchun sizlardan so‘ramoqchiman. Savol: Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamga farz, ummatlariga sunnat bo‘lgan namoz qaysi? Shu xaqda qandaydir xadis bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahajjud namozi. Alloh taolo "Muzzammil" surasida marhamat qiladi: إِنَّ رَبَّكَ يَعْلَمُ أَنَّكَ تَقُومُ أَدْنَى مِن ثُلُثَيِ اللَّيْلِ وَنِصْفَهُ وَثُلُثَهُ وَطَائِفَةٌ مِّنَ الَّذِينَ مَعَكَ وَاللَّهُ يُقَدِّرُ اللَّيْلَ وَالنَّهَارَ عَلِمَ أَن لَّن تُحْصُوهُ فَتَابَ عَلَيْكُمْ فَاقْرَؤُوا مَا تَيَسَّرَ مِنَ الْقُرْآنِ عَلِمَ أَن سَيَكُونُ مِنكُم مَّرْضَى وَآخَرُونَ يَضْرِبُونَ فِي الْأَرْضِ يَبْتَغُونَ مِن فَضْلِ اللَّهِ وَآخَرُونَ يُقَاتِلُونَ فِي سَبِيلِ اللَّهِ فَاقْرَؤُوا مَا تَيَسَّرَ مِنْهُ وَأَقِيمُوا الصَّلَاةَ وَآتُوا الزَّكَاةَ وَأَقْرِضُوا اللَّهَ قَرْضًا حَسَنًا وَمَا تُقَدِّمُوا لِأَنفُسِكُم مِّنْ خَيْرٍ تَجِدُوهُ عِندَ اللَّهِ هُوَ خَيْرًا وَأَعْظَمَ أَجْرًا وَاسْتَغْفِرُوا اللَّهَ إِنَّ اللَّهَ غَفُورٌ رَّحِيمٌ 20. Albatta, Robbing kechaning uchdan biridan ozrog‘ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni va sen bilan birga bo‘lganlardan ham bir toifa (shunday qilayotganlarini) biladir. Va Alloh kechayu kunduzni O‘zi o‘lchaydir. U sizlarning buni hech uddalay olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Endi Qur’ondan muyassar bo‘lganicha qiroat qilinglar.
Bu oyat bilan Alloh taolo suraning avvalidagi oyatlarga binoan farz qilingan kechasi qoim bo‘lishni bekor qildi. Shundan so‘ng kechada farz namozlardan tashqari ibodat qilish ixtiyoriyga aylandi. Oyatda nima uchun avvalgi buyruq bekor qilinganligi ham aytib o‘tildi.
Ushbu oyati karimaning boshida Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallam va u zotning sahobalariga kechaning ma’lum qismini bedor bo‘lib, ibodat ila o‘tkazish farz qilingani ochiq-oydin aytib o‘tilmoqda.
«Albatta, Robbing kechaning uchdan biridan ozrog‘ini, yo yarmini, yo uchdan birini qoim bo‘lib o‘tkazayotganingni va sen bilan birga bo‘lganlardan ham bir toifa (shunday qilayotganlarini) biladir».
Ularga kechaning uchdan biridan oz, yarmidan ko‘p bo‘lmagan qismini bedor bo‘lib o‘tkazish amr qilingan edi. Kechasi zikr, namoz, Qur’on tilovati kabi turli ibodatlar ila qoim bo‘lish mo‘min-musulmon kishining tanasini baquvvat, ruhini pok qiladi. Ularni turli mashaqqatlarni osonlik bilan ko‘tarishga o‘rgatadi, ayshu ishrat, hoyi-havasga berilishdan saqlaydi.
Shuning uchun ham Alloh taolo O‘z diniga xizmat qilishlari kutilayotgan zotlarni alohida ruhiy, ma’naviy va jismoniy tarbiya qilish uchun ushbu uslubni qo‘llagan edi.
«Va Alloh kechayu kunduzni O‘zi o‘lchaydir. U sizlarning buni hech uddalay olmasligingizni bilib, sizlarga (engillikni) qaytardi. Endi Qur’ondan muyassar bo‘lganicha qiroat qilinglar».
Ya’ni oldin sizlarni chiniqtirish uchun kechasi namoz o‘qishni farz qilgan edi. Endi esa U Zot bu ishga hech chiday olmasligingizni bilib, sizlarga engillikni qaytardi. Endi tunning ma’lum qismini bedorlik-la, ibodat qilib o‘tkazish farz bo‘lmay qoldi. Ushbu oyat nozil bo‘lgandan boshlab, bu ish ixtiyoriy bo‘ldi. Bas, endi Qur’ondan muyassar bo‘lganicha o‘qinglar.
Oyatning davomida esa tunning ma’lum qismini bedor o‘tkazish hukmini farzdan tushirib, ixtiyoriyga keltirishning sabablaridan uchtasi: bemorlik, Allohning yo‘lida jihod qilish va er yuzida yurib, Allohning fazlini axtarish zikr qilinadi. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
27 Iyul 2022, 10:22 | Savol-javoblar | 132 | Namoz