Qarzdor pulni boshqa narsaga sarflashi
Assalomu alaykum! Men trikotaj korxonaman bor. Men qarzga material olib tikib sotaman. Bir kishidan qarz ko‘p edi, uni bergan materiallarini tikib nasiyaga sotganman. U hamma qarzni to‘ladi, o‘sha puldan boshqa odamdan material olib ishlatib keyinroq bersam bo‘ladimi? Chunki biz qarz muddatini kelishib olmaganmiz. Xaqdor materialini pulini klentim uzganligini bilib xafa bo‘ldi va boshqa joydan material olayotganimni ham biladi. Shu ishim xalolmi klent meni pulimni boshqa joyga sarflayapsiz deb rozi emasman desa qiyomatda javobgar bo‘lib qolmaymanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Avvalo siz qarzaga material olganingizda uning narxi va pulini berish muddatiga kelishib olishingiz kerak. Bo‘lmasa savdo durust bo‘lmaydi. Muddatga kelishganingizdan keyin uni sotib kelgan mablag‘ni muddati kelguncha foydalanib turishingizda zarar yo‘q. Hozirgi holtada pulini tez egasiga qaytarib bering. Bo‘lmasa qiyomatda javobgar bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 20:11 | Savol-javoblar | 134 | Halol va harom