Xos banda
Assalomu alaykum! Gunohi kabiralari bo‘lgan inson istig‘for aytib tavba qilsa, Allohning xos bandalaridan Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning yaqin ummatlaridan bo‘lishi mumkinmi? Xos banda bo‘lishga olib boradigan eng oson amal va qisqa yo‘l bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “Asr” surasida marhamat qiladi : وَالْعَصْرِ 1. Asr bilan qasam. Ba’zi tafsirchilarimiz «asr»dan murod yuz yillik muddat, zamon, Asr namozi yoki Asr namozi vaqti, ham deganlar. Alloh taoloning asr – zamon bilan qasam ichishi, u narsaning ajoyibotlar va g‘aroyibotlarga, ibrat va eslatmalarga to‘la ekanidandir. Alloh subhanahu va taolo asr ila qasam ichib, quyidagi oyatda keladigan ma’noni ta’kidlamoqda. إِنَّ الْإِنسَانَ لَفِي خُسْرٍ 2. Albatta, inson ziyondadir. Bu erda «ziyon» lafzi «mag‘lubiyat», «yutqiziq» va «nuqson» degan ma’nolar o‘rnida kelgan. Ha, har bir inson ziyondadir... إِلَّا الَّذِينَ آمَنُوا وَعَمِلُوا الصَّالِحَاتِ وَتَوَاصَوْا بِالْحَقِّ وَتَوَاصَوْا بِالصَّبْرِ 3. Faqat iymon keltirganlar va solih amallarni qilganlar, bir-birlarini haq yo‘lga chaqirganlar va bir-birlarini sabrga chaqirganlar mustasno. Ma’lum bo‘ldiki, inson ikki dunyoda badbaxt bo‘lib qolmaslik uchun to‘rtta sifatga ega bo‘lishi kerak ekan: - Allohga iymon keltirishi; - Solih amallar qilishi; - Haq yo‘lga chaqirishi; - Sabrga chaqirishi. Allohga iymon keltirish insonning eng avvalgi burchidir. Iymonning inson hayotiga ta’siri cheksizdir. U bu dunyo zulmat kishanlarini parchalaydi va qalblarga umid baxsh etadi. Qiyinchilik, og‘ir paytlarda inson o‘zining hamma narsaga qodir Yaratgani bor ekanini eslab, tortgan mashaqqatlarining savobini olishni o‘ylaydi, qarshisidagi barcha to‘siqlarni engib o‘tishi osonlashadi. Shuning uchun ham haqiqiy mo‘minlar xotirlari jam, asablari joyida hayot kechiradilar. Alloh taologa bo‘lgan iymon kishi qalbida yaxshiliklarga yo‘l ochadi, yomonliklardan, gunohlardan qaytaradi. Iymonli kishi «Alloh taolo barcha holatimni, ishlarimni ko‘rib turibdi, qiyomat kuni bularning hisob-kitobini qiladi», deb ishonadi. Shuning uchun doimo yomonliklardan qochib, solih amallarni – yaxshi ishlarni qiladi. Ha, iymon doimo o‘z sohibini solih amalga chorlaydi. Shuning uchun ham Qur’onda iymondan so‘ng amali solih zikr qilinadi. Jumladan, biz o‘rganayotgan surada ham. Amali solih Alloh taolo buyurgan barcha yaxshiliklardir. Haq yo‘lga chaqirish ulkan insoniy fazilatdir. Islomda inson o‘zi haq yo‘lda bo‘lishi bilan kifoyalanib qolmasligi kerak, balki o‘zgalarni ham shu yo‘lga chaqirishi zarur. Haq yo‘lda yurish va unga kishilarni chaqirish oson emas. Haq yo‘lda yurmoqchi bo‘lgan shaxs o‘zining havoyi nafsiga, hokimlarning tug‘yoniga, odamlarning zulmiga va boshqa ko‘pgina narsalarga qarshi chiqib, chidam bilan ish olib borishi kerak. Shuning uchun ham oyatning davomida sabrga chaqiriq bor. Sabr bir necha xil bo‘ladi: Toat-ibodatni ado etish sabr demakdir. Havoyi nafs xohlab turgan gunohlarni qilmaslik – sabr. Balo-ofatlar va musibatlarga taslim bo‘lmaslik – sabr. Sabrning oliy darajasi fojia sodir bo‘lgan paytdagi ilk daqiqalardagi sabrdir. Sabr barcha fazilatlarning asosidir. Shuning uchun ham Alloh taolo Qur’onda mo‘minlarning asosiy sifatlaridan biri sabr ekanini qayta-qayta ta’kidlagan. ("Tafsiri hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
26 May 2022, 09:50 | Savol-javoblar | 176 | Ruhiy tarbiya