Kitoblar ro‘yxati
Assalomu alaykum! Men universitetda o‘qiyman, ishlayman ham, endi Qur’onni yodlashga ham kirishmoqchiman. Yaqin tanishlarim: ham dunyoviy ilmni, ham pul topishni, ham Qur’on yodlashga kirishilsa, Qur’on qolib ketadi, dunyo topish bilan Kalom yodlash bir paytda bo‘lmaydi degan mazmunda, nima maslahat berasiz domla. Yana o‘ylab qarasam shuni tushundimki diniy kitoblar o‘qishim ham kerak ekan, deyarli bitta kitob ham o‘qimagan ekanman. Eng qizig‘i Qur’onni o‘rganishni boshlaganimdan beri bularning barchasiga ulgura olyapman, shuning uchun bir kunda 40-50 bet kitob o‘qishga vaqtim bo‘lyapti. Hozirgi fitnalarni ya’ni Abdulloh zofar, sodiq samarqandiylarni ma’ruzlarini eshitib bularni noto‘g‘ri gapirayotganini ajratadigan darajada, aqida, fiqh ilmlarini o‘rganishim uchun qanday bosqichma bosqich kitoblarni o‘qishim kerak, Maqsaq bu emas albatta. Shuni ro‘yxatni qilib bersangiz faqat men emas boshqa o‘quvchilar uchun ham manfaatli bo‘ladi degan umiddaman, In Shaa Alloh.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Shar’iy ilm, xossatan Qur’on o‘rganishgiz boshqa oladigan ilmlaringiz va ishlaringizga baraka bo‘ladi, Allohning izni ila. Shuning uchun ilm olishda bardavom bo‘ling. Ishonchli ustozlardan topib quyidagi linkda berilgan jadval tartibi bo‘yicha o‘qing: Vallohu a’lam! https://islom.uz/maqola/2671
12 May 2022, 21:05 | Savol-javoblar | 173 | Moliya va tijorat