Bermasa bildirmasdan olsak bo‘ladimi
Assalomu alaykum! Men qum, shag‘al chiqadigan joyda (karer) yuklovchi bo‘lib ishlayman. Yuk mashinalariga qum, shag‘al ortganim uchun xar bir mashinadan pul olaman. Bir kun shunaqa vaziyatga tushib qoldim xaridorlar shag‘alga umumiy hamma narxni to‘lab qo‘yishipti meni yuklaydigan pullarni ham. Menga bu pullarni g‘aznachi (kassir) yozib yurayvering bitta qilib beraman degan va men yozib xar kungi yuklagan mashinamni yozib yurdim va oxiri hisobga kelganda 10 mashina kam chiqdi g‘aznachi yo‘q siz shuncha ortgansiz bo‘lmasa yozilgan bo‘lar edi dedi menga va men u pullarni ololmadim. Gap shundaki endi men shu pullarni qum shag‘al ni pulidan o‘ziga bildirmay olib qolsam bo‘ladimi bazida shopirlar g‘aznachini oldiga to‘xtagisi kelmay qumni yoki shag‘alni pulini menga tashlap ketishadi ana shu vaqtda men shu pullarni g‘aznachiga bermay anashu 10 ta mashina yuklaganim uchun olib qolsam bo‘ladimi bu pullar menga harom bo‘lib qolmaydimi? O‘zim birovning haqidan juda ham qo‘rqaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! O‘zboshimchalik bilan olib qolishga haqqingiz yo‘q. Unday joylarda kuzatuv kameralar bor, kirgan chiqqan mashinalar davlat raqami bilan ro‘yxat qilinadi, shu 10 ta mashinani kirgani va yuk ortganingizni isbotlab bemalol ochiq oydin haqqingizni talab qilib oling. Vallohu a’lam!
12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom