Tarif haqida

Assalomu alaykum! Uzmobile kampaniyasida bir tarif bor ekan Units degan shu tarifda masalan 4000 units olsam olgan unitsim 1 unist mbga 1units minutcha 1units smsga ketarkan hullas 4000 units nimaga ishlatsez shunga ketarkan. Shu tarifni ishlatish joizmi. Shunday hadis bor ekan. 1671. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Kim bir savdoda ikki savdoni qilsa, unga ikkisidan kamrog‘i yoki (aks holda) ribo», dedilar». Abu Dovud Termiziy rivoyat qilganlar. Termiziy sahih degan. Sharh: Bir savdoda ikki savdo qilish ikki xil bo‘ladi: 1. Bir molni ikki xil narx bilan sotish. Misol uchun, «Ushbu kiyimni naqdga olsang, o‘n so‘mga, nasiyaga olsang, o‘n besh so‘mga sotaman», deyiladi. 2. Ikki xil molni bir xil narx bilan sotish. Misol uchun, «Ushbu ikki kiyimdan birini senga bunchaga sotdim», deyiladi. Bu holatlarda ikki narsadan biri tayin bo‘lmaganligi uchun savdo noto‘g‘ri bo‘ladi. Agar sotuvchining chaqirig‘idan keyin xaridor birini tanlasa, savdo yuradi. Shu hadisga to‘g‘ri kelmaydimi men bergan savolim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ishlatish joiz. Siz aytgan holat bu hadisga aloqador emas. Chunki siz bu erda ta’rif rejasini ya’ni, yunits – birliklarni sotib olyapsiz. Ularn qanday ishlatish o‘zingizning ixtiyoringiz. Daqiqa, megabayt va smslarni emas. Vallohu a’lam!

12 May 2022, 21:16 | Savol-javoblar | 215 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar