O‘qitilgan tanga

Assalomu alaykum! Mening bir tanishim bor. O‘lim haqida ko‘p gapiradi va o‘zining o‘limi yaqinlashganini, tez orada o‘lishini aytadi. Buning sababini dugonam aytib berdi. Uning aytishicha, tanishim do‘sti bilan mashinada bo‘lganda bir tanga topib olishgan. Tanga g‘alati ko‘rinishda va o‘qitilgan ekan, ya’ni ular 1-iyun kuni mashinada avariya bo‘lib vafot etisharmish. Buni qanday aniqlashganini bilmayman. To‘g‘rimi noto‘g‘rimi buni ham bilmayman. To‘g‘risi qo‘rqib ketdim. Tanishimning fikr-u xayoli shunda. Shunaqa ishlar shariatimizda bormi? Shunaqa bo‘lishi mumkinmi? Agar rost bo‘lsa, unga qanday yordam bera olamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bo‘lmagan gap. Banda qachon vafot etishini Allohdan boshqa hech kim bilmaydi. Vallohu a’lam!

11 Sentabr 2023, 16:26 | Savol-javoblar | 0 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar